Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Artur Yunusov: «Terma jamoa o‘z holiga tashlab qo‘yilgan»

Artur Yunusov: «Terma jamoa o‘z holiga tashlab qo‘yilgan»

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari ham xuddi Superligada bo‘lgani kabi o‘zgarishlar bilan o‘tkazilmoqda. Jamoalar futzalimiz tarixida ilk bor uy-safar tizimida maydonga tushishyapti.

Ikki kun ichida ikkita uchrashuv o‘tkazilyapti. Albatta, bu o‘zgarishlar ham futzalimizni yangi bosqichga olib chiqishiga umid qilamiz.

Hozircha ortda qolgan 9-turdan so‘ng turnir jadvalida amaldagi chempion AGMK peshqadamlik qilyapti. Kuchli uchlikdan «Paxtakor» va «Metallurg» jamoalari joy olishgan.

Toshkentning yana bir klubi «Lokomotiv»ning esa uncha omadi yurishmayapti. Biz  yaqinda «temiryo‘lchilar» sardori Artur Yunusovdan navbatdagi tur uchrashuvidan so‘ng intervyu oldik.

- Artur, mana futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 9ta tur o‘yinlari ortda qoldi. Shu uchrashuvlardan kelib chiqib, bu yilgi musobaqaga qanday baho berasiz?

- Chempionatimizning yangi formati hozircha o‘zini oqlayapti, deyish mumkin. To‘g‘ri, o‘ziga yarasha kamchiliklar ham yo‘q emas. Birinchi galda hamma sport zallari ham talabga javob bermaydi. Ayrim sport zallarining parket qoplamasi ayanchli holatda. U yerda to‘p tepishning sira ham iloji yo‘q.

Jarohat olish foizi juda yuqori. Zal devorlari maydonga juda ham yaqin. Ayrimlarida bir metr ham chiqmaydi. Jumladan, Qo‘qondagi zal stadionida shunday manzara ko‘zga tashlanadi. Jamoadoshlarimdan biri devorga borib urilishi natijasida jiddiy jarohat oldi. Tezlikda ketayotganida uni raqib o‘yinchisi itarib yuborishi oqibatida devorga borib urildi.

Natijada sherigimizni «tez yordam» mashinasida kasalxonaga olib ketishga to‘g‘ri keldi. Boshqa tomondan, peshqadamlarning ochko yo‘qotayotgani, kutilmagan natijalarning qayd etilayotganini ijobiy taassurotlarga qo‘shsa bo‘ladi.

- Chempionatning uy-safar tizimida o‘tkazilayotgani haqida nima deysiz?

- Shaxsan menga bu yangilik ma’qul kelyapti. Oldin Toshkentda yoki boshqa bir shaharda yig‘ilib, 4 kun ichida bitta tur o‘yinlarida maydonga tushardik. O‘yinlar hatto ertalabki soat 10da ham o‘tkazilardi.

- «Lokomotiv»ning hozircha ishlari yurishmayapti. Jamoa oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

- Kamida kuchli uchlikka kirishimiz kerak. Bizda yoshlardan iborat jamoa shakllanyapti. Ularning natija ko‘rsatishlari uchun ozgina vaqt kerak. Bu yoshlar bilan hali ishlash kerak.

Ochiq aytish kerak, hali chempionlik uchun kurashadigan tarkib va salohiyatga ega emasmiz. Quvonchlisi, bolalarda ishtiyoq kuchli, ular mashg‘ulotlarda astoydil ishlashyapti.

- Nima deb o‘ylaysiz, bu yil ham AGMK osonlik bilan chempion bo‘ladimi yoki asosiy kurash hali oldindami?

- Olmaliqliklar oson chempion bo‘lishadimi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi. Chunki, hali asosiy o‘yinlar oldinda. Lekin AGMK tarkibi optimal va chempionlikni hal qiladigan darajada. Tarkibida terma jamoa a’zolari ko‘pchilikni tashkil qiladi.

- Adashmasam, «Lokomotiv» bilan tuzgan shartnomangizda xorij klublaridan taklif bo‘lsa, «temiryo‘lchilar» sizni hech qanday muammosiz qo‘yib yuborishlari haqida band bor edi. To‘g‘rimi?

- Xuddi shunday. Hattoki, Xitoy jamoasidan taklif ham bo‘lgandi. Bu klub o‘tgan yili Xitoy chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Lekin ma’lum bir sabablarga ko‘ra, Chin yurtiga keta olmadim. Biz deyarli barchasini kelishib olgandik. Lekin «Lokomotiv»da o‘zimni baxtiyor his qilyapman. Bu yerda meni barchasi qoniqtiradi.

- Balki Xitoy jamoasi tomonidan taklif etilgan maosh sizni qoniqtirmagandir?

- Yo‘q. Shartnomaning moliyaviy tomoni meni to‘liq qanoatlantirgandi. Shunchaki, oilaviy sabab tufayli Xitoy klubi bilan shartnoma imzolay olmadim. Aniqrog‘i, yaqinda ota bo‘lgandim. Oilamizda qiz farzand dunyoga kelgandi.

Oldimda ikkita yo‘l turgandi. Xitoyga ketishim uchun oilam ham men bilan birga bo‘lishi kerak edi. Ularni bu yerda yolg‘iz tashlab keta olmasdim. Qolaversa, qisqa fursatda hujjatlarni ham to‘plashning imkoni yo‘q edi. Keyin Xitoyda chempionat yakuniga yaqinlashib ham qolgandi.

Mana shu sabablar jam bo‘lib, «Lokomotiv»dan ketishimga to‘sqinlik qildi. Lekin jamoa bilan o‘zaro og‘zaki kelishuvimiz bor. Keyingi mavsumda men Xitoy klubi bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga egaman. Nasib qilsa, kelasi mavsum yana legioner sifatida to‘p suraman.

- Osiyo chempionatidan so‘ng terma jamoamizda sokinlik hukmronlik qilyapti. Zerikmadinglarmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 23:25, 03.06.2018.
O'qildi: 4830 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.