Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

O‘FA maydoni har yakshanba kunlari futbol festivallari uchun beriladi

O‘FA maydoni har yakshanba kunlari futbol festivallari uchun beriladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga qarashli maydonda har yakshanba kunlari futbol festivallari bo‘lib o‘tadi.

Bungacha tashkilot yosh bolalar ishtirokida futbol kunlari tashkil qilib kelayotgan bo‘lib, ularga ota-onalar, futbol maktablari tarbiyalanuvchilarining yaqinlari tashrif buyurayotgandi. Futbol kunlarida bolalarga sovg‘alar ulashildi, shuningdek, musiqiy chiqishlar hamda boshqa ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etib kelindi.

Endilikda bu an’ana har yakshanba kuni o‘tishi rejaga kiritilgan. Bu kabi festivallarda O‘FA bilan hamkorlik qilish istagida bo‘lgan tashkilotlar bemalol murojaat bilan chiqishi mumkin. Muhimi, dam olish kunini bolalar, ularning ota-onalari va shunchaki tashrif buyuruvchilar xush kayfiyatda o‘tkazishi hamda madaniy hordiq chiqarishidir.

Yakshanba kunlari O‘FA maydoni atrofida yeguliklar, ichimliklar va shirinliklar sotilishini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Tadbirkorlar bunda futbol festivalining yanada chiroyli bo‘lishi yo‘lida O‘FA binosi yaqinida faoliyat olib borishi mumkin.

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini olib borish, futbolchi istagida bo‘lgan bolalar va umuman turli soha vakillari o‘rtasida futbol festivallari doimiy ravishda o‘tkazib boriladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 16:54, 04.06.2018.
O'qildi: 2558 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик