Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Rentgen natijasi: Karius miya chayqalishiga uchragan

Rentgen natijasi: Karius miya chayqalishiga uchragan

Baho:
+ | -

Boston klinikasi shifokorlari "Liverpul" darvozaboni Loris Kariusning sog‘ligi haqida o‘z xulosalarini berdilar.

"Liverpul" shifokorlari 24 yoshli nemis darvozaboni YECHL finalida "Real" himoyachisi Serxio Ramosning tirsak zarbasidan so‘ng o‘yinni miya chayqalishi bilan o‘tkazgani haqida shubhalangan edilar.

Karius 31 may kuni AQSHning Boston shahrida bosh jarohatlari mutaxassisi Ross Zafontega ko‘rindi. "Liverpul" tibbiy shtabining so‘roviga ko‘ra, Zafonte Massachutets klinikasida uning boshini rentgen nurlaridan o‘tkazdi.

"Bugun "Liverpul" darvozaboni Loris Kariusning sog‘ligi borasida ko‘p qo‘ng‘iroqlar oldik.

To‘liqsiz va noto‘g‘ri axborot tarqalishining oldini olish maqsadida, janob Kariusning ruxsati bilan uning sog‘ligi haqida ma’lumot beramiz.

Karius 31 may kuni doktor Ross Zafonte va doktor Lenorr Xerget tomonidan chuqur tekshiruvdan o‘tdi. O‘yin videosining chuqur tahlili, kerakli ma’lumotlar va futbolchining aytgan alomatlardan so‘ng, shuningdek, jismoniy tekshiruv va obyektiv ko‘rsatkichlardan so‘ng shunday xulosaga keldik: Kariusda 26 may kuni miya chayqalishi sodir bo‘lgan.

Tekshiruvimiz davomida asosiy alomatlar atrofni anglash disfunksiyasi borligidan darak berdi, bu ehtimol, chayqalishdan keyin ro‘y bergan. Bu Kariusning o‘yiniga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.

Karius ahvoli yaxshilanayotganini aytmoqda. Biz uning to‘liq tiklanishini kutyapmiz.

Bu masalada biz bera oladigan yagona sharh shu. Bundan keyingi barcha savollar "Liverpul" matbuot xizmatiga berilsin", - deyiladi shifokorlar bayonotida.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 04:02, 05.06.2018.
O'qildi: 12880 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик