Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘FA Italiyaning “Inter” klubi futbol akademiyasi filialini Toshkentda ochish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

O‘FA Italiyaning “Inter” klubi futbol akademiyasi filialini Toshkentda ochish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizda futbolni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator futboli rivojlangan xorijiy mamlakatlar, jumladan, Italiya, Ispaniya futbol assosiasiyalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yganidan muxlislarning xabari bor.

Ayni kunlarda yurtimizda “Real Madrid” akademiyasi murabbiylari bolajonlarga hamda bolalar murabbiylariga master-klasslar o‘tishmoqda. Shuningdek, iyul oyida Italiya futbol federasiyasi mutaxassislari ham Toshkentga tashrif buyurib, o‘zbekistonlik bolalar futboli mutaxassislari uchun seminarlar tashkil etishadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Italiyaning “Inter” klubi futbol akademiyasi bilan muzokaralar olib borishyapti. Muzokaralardan ko‘zlangan maqsad poytaxtimizda “Inter” futbol klubi akademiyasi rasmiy fililani ochishga erishish.

“Inter” akademiyasi dunyoga mashhur futbol akademiyasi hisoblanib, o‘tgan yili akademiya tarbiyalanuvchilari Italiyada 15,16,17 va 18 yoshlilar o‘rtasidagi chempionatlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan.

Ayni paytda butun dunyoda Italiyadan tashqari faqat Xitoyda “Inter” klubi akademiyasi rasmiy filiali mavjud. Buning sababi oddiy – klub aksiyalarining katta qismi Xitoyning «Suning Commerce Group» kompaniyasi hisoblanadi.

Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakuniga yetsa, O‘zbekiston “Inter” klubi akademiyasining rasmiy filiali ochilgan dunyodagi ikkinchi mamlakatga aylanadi.

O‘FAning maqsadi faqat o‘zbekistonlik futbolchilar uchun akademiya tashkil etish emas. Maqsad Toshkentda “Inter” klubining futbolchilar tayyorlash bo‘yicha O‘rta Osiyo mamlakatlaridagi Markazini tashkil etish. Shuningdek, Italiyaning bolalar futboli bo‘yicha kuchli mutaxassislarini yurtimizga olib kelish va ularning boy tajribasidan unumli foydalanish ham rejalashtirilgan.

 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 22:17, 05.06.2018.
O'qildi: 3963 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик