Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche 1-2 Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano 2-1 Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina 1-1 Milan
11/01 20:15 Levante 1-1 Espanyol
11/01 22:00 Verona 0-1 Lasio
12/01 00:45 Inter - Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari
13/01 00:45 Yuventus - Cremonese
13/01 01:00 Sevilya - Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya

“SHo‘rtan” klubiga bosh murabbiy tayinlash masalasi haqida

“SHo‘rtan” klubiga bosh murabbiy tayinlash masalasi haqida

Baho:
+ | -

G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi 12 may kuni bosh murabbiy Asror Aliqulovni iste’foga chiqardi. Unga qo‘shilib, katta murabbiy Botir Qodirqulov ham ishdan ketdi.

Ayni vaqtda “Sho‘rtan” Yorqin Nazarov hamda Murod Otajonovni jamoa murabbiylari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun harakat qilmoqda. Biroq PFL bu ishga shoshilayotgani yo‘q. Sababi, “Sho‘rtan” ishdan ketkazilgan murabbiylar bilan to‘liq hisob-kitob qilmagan.

Endilikda qaysidir klub bosh murabbiyni iste’foga chiqarsa va u bilan hisob-kitobni to‘liq yakunlamasa, yangi murabbiylarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat etilmaydi. Qarzdorlik yil yakuniga (katta ehtimol bilan kelasi yillarga) qolib ketmasligi shart.

“Sho‘rtan” klubi rahbariyati yaqin vaqt ichida Aliqulov hamda Qodirqulovning qarzlari to‘lab berilishi borasida kafolat xati berib, o‘z ishini yakunlashi mumkin. Biroq kafolat xatida ko‘rsatilgan muddatdan bir kun o‘tsa ham, klub jazoga tortiladi.

Ayni vaqtda PFLga qarzdorlik bilan bog‘liq juda ham ko‘p arizalar va shikoyat xatlari kelib tushgan. Bu borada ish olib borilyapti. Va albatta shunday ishlar keyinchalik ham davom etmasligi uchun, klublar hozirdanoq ishni puxta bajarishi shart. Murabbiyni iste’foga chiqarishni bilgan rahbariyat, uning qarzini ham vaqtida qaytarishni bilishi kerak.

Futbolchi va murabbiylar shartnoma tuzayotganida ehtiyot bo‘lishi so‘raladi. Ulardan biri ma’lum yil uchun haqini olmay turib, kelasi yilga ham shartnoma tuzsa, PFL keyinchalik ularning yoni bo‘lmasligi katta ehtimol. Futbolchilar ham, murabbiylar ham o‘z haq-huquqini bilishi va uni talab qilishni o‘rganishi kerak. Bu masala hamda futbolchilarning klublar bilan shartnomalari masalasi oldinda alohida ko‘rib chiqiladi hamda tuzilajak yangi reglamentdan joy oladi.

P.S. “Sho‘rtan” klubini 12 may sanasidan buyon vaqtinchalik Bahodir Shoymardonov boshqarib turibdi. Bungacha u klubning texnik direktori lavomizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi. O‘tgan vaqt ichida “Sho‘rtan” 4 ta o‘yinda ishtirok etib, shularning 3 tasida imkoniyatni boy berdi. 2 ta o‘yinda yirik mag‘lubiyatlar kuzatildi. Jamoa rahbariyati natijalarni yaxshilashni istasa, bosh murabbiy masalasini tezroq hal qilishi kerak. Ish tez hal bo‘lishi uchun esa, klublar masalaga jiddiy yondoshishga majbur.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:36, 06.06.2018.
O'qildi: 2630 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.