Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Tokio-2020 da to‘p tepishingga ishonasanmi? Unda o‘zingni sinab ko‘r!

Tokio-2020 da to‘p tepishingga ishonasanmi? Unda o‘zingni sinab ko‘r!

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Tokio-2020 Olimpiadasining futbol turniriga puxta hozirlik ko‘rish uchun O‘FA tanlov e’lon qiladi.

Sir emaski, 1997 yil hamda undan keyin tug‘ilgan futbolchilar Yaponiya mezbonligida o‘tadigan Olimpiadaning futbol turnirida ishtirok etishi mumkin. Ayni paytda Tokioga borishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxati e’lon qilingan va ular tayyorgarlikni davom ettirishyapti. Yaxshi tomoni shundaki, Jakartada bo‘lib o‘tadigan Osiyo O‘yinlarida ham mana shu tarkibning bir qator a’zolari bor.

Biroq O‘FA bu bilan cheklanib qolmoqchi emas. Pepsi Superligasi o‘yinlari to‘liq translyasiya qilina boshlagach, chempionatda to‘p surayotgan futbolchilarni kuzatish va ularning salohiyatini tahlil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Biroq Pro-Liga, Yoshlar Ligasi, U18 chempionatida, shuningdek, futbol akademiyalari, maktablarida ham bir qator umidli futbolchilar to‘p suradi.

Shundan kelib chiqib, Jahon Chempionati vaqtida O‘FA komissiyasi Tokioga borishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatiga kirmagan, biroq o‘zini ko‘rsata olishiga ishonchi bor futbolchilar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi. Bunda Pro-Liga klublari futbolchilari, Yoshlar Ligasi vakillari o‘z omadini sinab ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Pro-Liga klublari yozgi tanaffusni iyul oyida o‘tkazadi. Demak, mazkur liga klublari aynan iyul oyida sinovda bo‘lishi mumkin. Qolgan futbolchilar esa Jahon Chempionati vaqtida o‘z omadini sinab ko‘rishi mumkin.

Murabbiylar shtabi hamda komissiya vakillariga ma’qul kelgan futbolchilar asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb qilinishi mumkin. Maqsad — futbolda faoliyatini davom ettirayotgan, ammo ayrim sabablarga ko‘ra e’tibordan chetda qolayotgan futbolchilarga ham imkoniyat taqdim etish. Ajab emas, ularning orasidan ham salohiyatli futbolchilar chiqib qolsa.

O‘zini ko‘rsatish istagida bo‘lgan futbolchilar media@the-uff.com manziliga o‘zlari haqlarida ma’lumot yuborishlari kerak bo‘ladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 09:14, 06.06.2018.
O'qildi: 2788 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.