Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Robertson: «Agar shu inson bo‘lmaganida, «Liverpul» ko‘proq chempion bo‘lardi»

Robertson: «Agar shu inson bo‘lmaganida, «Liverpul» ko‘proq chempion bo‘lardi»

Baho:
+ | -1

«Liverpul»ni tark etgan himoyachi Endryu Robertson «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning iste’fosi haqida fikr bildirdi. Shuningdek, ushbu haftada «Liverpul»dan Muhammad Saloh va «Everton»dan himoyachi Sheymus Koulman ham ketishganini ta’kidlab o‘tdi.

«Nimalarni his qilyapman? Ruhiy charchoq. Bu juda og‘ir hafta bo‘ldi. Hissiyotlarni jilovlashga, o‘yinga diqqat qaratishga harakat qilasan va shu bilan birga barcha kerakli insonlar bilan to‘g‘ri xayrlashishga intilasan. Endi esa bir juft so‘z aytmoqchiman: bugun boshqa klublardan ham ikki muhim shaxs ketmoqda.

Pep Gvardiola bizni mutlaqo yangi darajaga olib chiqdi va agar shu inson bo‘lmaganida, biz balki ko‘proq Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lardik. U «Manchester Siti»ga sadoqat bilan xizmat qildi, unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.

Va nihoyat, Sheymus Koulman. O‘z vaqtida u APLning eng yaxshi himoyachilaridan biri edi va juda yuqori saviyada o‘ynadi. Uning narxi esa mendan ham arzon — bor-yo‘g‘i 60 ming funt bo‘lgan! U «Everton» uchun ajoyib o‘yinchi bo‘ldi va unga ham omad tilayman», — deydi Robertson klub rasmiy saytiga.

Kiritildi: 15:05, 25.05.2026.
O'qildi: 2225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик