Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Umid Ahmadjonov Yaponiyada Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi vise-prezidenti Toshiaki Endo bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Yaponiyada Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi vise-prezidenti Toshiaki Endo bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan bevosita tanishish, musobaqa tashkiliy qo‘mitasi rahbarlari bilan uchrashish maqsadida Yaponiyaga jo‘nab ketgani haqida xabar bergandik.

Bugun MOQ rahbari kunchiqar yurtda 2020 yilgi Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitasi va mamlakat sport assosiasiyasi vise-prezidenti, Yaponiya vakillar Palatasi a’zosi Toshiaki Endo bilan ko‘rishdi. Uchrashuv davomida tomonlar Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, tashkiliy va boshqa masalalar bo‘yicha fikr almashishdi.

«Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston katta sport delegasiyasi bilan ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Zimmamizda ayni paytda qanday mas’uliyat turganini juda yaxshi his qilib turibmiz. Maqsadimiz Riodagi Olimpiya o‘yinlaridan ham yaxshiroq natija qayd etishdir. Biz navbatdagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborganmiz. O‘yinlar boshlanishiga yaqin mamlakat iqlimiga, mahalliy shart-sharoitga moslashish maqsadida sportchilarimiz uchun aynan Yaponiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil qilib berish foydadan holi bo‘lmaydi. Bu masalada bizga yordam berasiz degan umiddaman», – dedi MOQ Prezidenti uchrashuv chog‘ida.

Tokioga safari davomida Umid Ahmadjonov shuningdek, Yaponiya Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Sunekadzu Takeda bilan ham uchrashadi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yaqinlashib kelayotgan Olimpiya o‘yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik yuzasidan o‘zaro fikr almashadilar.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov Toshiaki Endoga Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan esdalik sovg‘asini ham topshirdi.

Ma’lumot uchun, Umid Ahmadjonov Yaponiyadan to‘g‘ri Rossiya poytaxti Moskva shahriga yo‘l oladi. U yerda FIFA Kongressida ishtirok etib, futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish uchrashuvi – Rossiya-Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni “Lujniki” stadionining martabali mehmonlar lojasidan tomosha qiladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:14, 06.06.2018.
O'qildi: 2446 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.