Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«Sho‘rtan» 15 avgustgacha Asror Aliqulov bilan hisob-kitob qilishi shart

«Sho‘rtan» 15 avgustgacha Asror Aliqulov bilan hisob-kitob qilishi shart

Baho:
+ | -

G‘uzorning “Sho‘rtan” futbol klubi iste’foga chiqarilgan bosh murabbiy Asror Aliqulovning o‘rniga yangi mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmayotgani haqida avval xabar berib o‘tilgandi.

Sababi, endilikdagi sobiq bosh murabbiy Asror Aliqulov “Sho‘rtan”dan pullarini to‘liq olib ulgurmagan.

Mana shu davr davomida “Sho‘rtan” 4 ta uchrashuvni bosh murabbiysiz o‘tkazishga majbur bo‘ldi va jami 9 ochko yo‘qotdi. Sir emaski, FIFA talabi bo‘yicha G‘uzor klubidan 3 ochko ham olib tashlangandi.

Aniqlanishicha, “Sho‘rtan” 2012—2017 yillar davomida futbolchi sifatida, 2018 yilning fevralidan boshlab, to 12 mayigacha esa murabbiy sifatida ishlagan Asror Aliqulovdan qarzdor. Qarzdorlik 2012 yil holatlariga ko‘ra ham chiqib keldi.

Odatda FIFAga legioner futbolchilar da’vo arizasi bilan chiqadi. O‘zbekistonlik futbolchi va murabbiylar esa dodini kimga aytishni bilmaydi. Mamlakat futbolida endilikda bu kabi ishlarga qarshi kurashiladi. Shundan kelib chiqib, “Sho‘rtan” rahbariyatining oldiga jiddiy talab qo‘yildi.

Bugun — 6 iyun kuni “Sho‘rtan” hamda Asror Aliqulov o‘rtasidagi qarzdorlik masalasi ikki tomon ishtirokida muhokama etildi hamda G‘uzor klubining umumiy qarzi aniqlandi. Bosh murabbiy zaruriyati yuzasidan “Sho‘rtan” rahbariyati 15 avgust sanasigacha muhlat so‘radi hamda PFLga kafolat xati taqdim etdi. Mana shu muddat ichida klub Aliqulov oldidagi qarzlaridan qutilishi shart.

Belgilangan muddat ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, G‘uzor klubiga qarshi PFL tomonidan sanksiyalar qo‘llaniladi. Ya’ni, endilikda ishga FIFA aralashishi kutib o‘tirilmaydi.

Bu kabi ishlardan Superliga hamda Pro-Liga klublari ham xabardor bo‘lsinki, endilikda ko‘chaga haydalgan murabbiylar va futbolchilar oldidagi qarzdorlik uzilmaguniga qadar, PFL ishni yopmaydi. Futbolchilar uchun javobgar murabbiy bo‘lgani kabi, ayni bir murabbiyni tanlab olgani uchun klub rahbariyati ham javobgar bo‘lishi shart. Murabbiylar ham, rahbarlar ham seleksiya ishlarini olib borsin, aql bilan ish yuritsin va turli g‘irromliklardan chetda bo‘lsin.

PFL yillar davomida beparvo bo‘lgani sabab, qator futbolchi va murabbiylar bir necha yillik qarzdorliklar yuzasidan klublari bilan sudlashib yuribdi. Kelajakda ham shunday ishlar davom etmasligi uchun qadam hozirdanoq qo‘yilishi shart.

Biz “Sho‘rtan” klubining yangi murabbiylar shtabiga omad tilaymiz va ulardan o‘z haqlariga pishiq-puxta bo‘lishlarini so‘raymiz.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:16, 06.06.2018.
O'qildi: 5058 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.