Angliya terma jamoasining JCH-2018 uchun Zelenogorskdagi qarorgohi musobaqa boshlanguncha baland devor bilan to‘siladi.
Avvalroq, qarorgohlari Peterburgda bo‘lgan Kosta-Rika, Angliya va Janubiy Koreya terma jamoalari mashg‘ulot bazasini baland devorlar bilan to‘sishni so‘raganlari habar qilingan edi.
Ammo mas’ullarning aytishicha, bunday talab faqat Angliya terma jamoasi tomonidan tushgan.