Kirish Ro'yxatdan o'tish

MOQ tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi musobaqaga qur’a tashlandi

MOQ tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi musobaqaga qur’a tashlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Milliy olimpiya qo‘mitasi aholining turli qatlamini sportga jalb qilish, qiziqtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganligi sir emas. Ana shu maqsadda MOQ O‘zbekistondagi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasidagi musobaqani tashkil qilgan. Bugun ushbu turnirning qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

9-10 iyun kunlari o‘tkaziladigan turnirda sakkizta tashkilot futbol jamoalari ishtirok etadilar.

Qur’a yakunlariga ko‘ra, guruhlar quyidagicha ko‘rinish oldi:

«A» guruhi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

«V» guruhi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Bellashuvlar Toshkent davlat yuridik Universitetining sport zalida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqadagi ilk o‘yinlar 9 iyun kuni soat 9:00da start oladi. Soat 11:00da esa turnirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Guruh o‘yinlari o‘sha kunning o‘zida yakuniga yetadi. Hal qiluvchi bahslar esa 10 iyun sanasiga belgilangan.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:19, 08.06.2018.
O'qildi: 2103 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.