Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Nosir al Xelayfi: «Ming marta takrorlayman – Neymar qoladi»

Nosir al Xelayfi: «Ming marta takrorlayman – Neymar qoladi»

Baho:
+ | -

«PSJ» prezidenti Nosir al Xelayfi L’Equipe nashriga intervyu berib, unda Emeri, Tuxel va Neymar haqida gapirib o‘tdi.

- Mavsumga qanday baho berasiz?

- Mamnunman. Fransiyada to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritdik. Oxirgi to‘rt yilda uchinchi marta shunday natija qayd etdik. Faqatgina Chempionlar Ligasida omadimiz kelmadi.

- Qanaqasiga?

- YECHLda ko‘p faktorlarga e’tibor qaratish kerak. Xususan, qur’aga. «Real»ga tushib qoldik. Bu jamoa yana turnir g‘olibi bo‘ldi. Jarohatlarni ham unutmaslik lozim. Shuningdek, hakamlik, omad. Madriddagi o‘yinda 80 daqiqa biz kuchli o‘yin ko‘rsatdik, lekin mag‘lub bo‘ldik.

Javob uchrashuvida Neymar o‘ynamadi, Verrattini maydondan chetlatishdi... «Real»ning tajribasi katta. Hamma bizni favoritga qiyoslayotgandi. Chunki madridliklar mavsumni bo‘sh boshlashgandi. Lekin Chempionlar Ligasida «Qirollik klubi» mutlaqo o‘zgacha qiyofa kasb etdi.

- «Roma» yarim finalgacha, «Liverpul» esa finalga qadar yetib bordi.

- Bu jamoalar shunga haqli edilar. Ular joriy mavsum Yevropaning eng yaxshilari qatoridan joy olishdi. Hechqisi yo‘q, ertami-kech, baribir, zafar quchamiz. «PSJ» yosh klub.

«Barselona» YECHLda ilk bora 1992 yili zafar quchgan. Vaholanki, ushbu jamoa 1899 yili tashkil topgan. Tobora to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizga ishonchimiz ortmoqda. Xatolardan xulosa chiqarib, tajribamiz oshib boryapti.

- Hozircha nima yetishmayapti?

- Birdamlik. Shuningdek, futbolchilar ham o‘zlariga ko‘proq ishonishlari kerak. O‘zimizga o‘zimiz: «Biz buyuk klubmiz. Maqsadimizga erisha olamiz», deyishimiz kerak.

- Bu omadsizlikda Unai Emerini ayblaysizmi?

- Hammamiz aybdormiz. U harakat qildi. O‘tgan ikki yil ichida yettita sovrinni qo‘lga kiritdi. Emeriga faqat omad tilayman.

- Shunday ekan, nima sababdan u bilan xayrlashdingiz?

- O‘zgarishlar vaqti kelgandi. Nafaqat jamoa, balki uning o‘ziga ham. Do‘st edik, shundayligimizcha qolamiz.

- Jamoadagi faollikni ushlab turish uchun unga biroz qattiqqo‘llik yetishmagandir?

- Yo‘q, Unai yetarlicha qattiqqo‘l. Shunchaki, ba’zan hayotda nimanidir o‘zgartirib turish kerak.

- Tomas Tuxel kutilmagan tanlov bo‘ldi.

- Sizlar uchun shunday, biz uchun emas. Uni boshqa grand klublar ham taklif qilishgandi. Tuxel kuchli va mehnatkash inson. Boz ustiga, yosh, dam oldi, kuchga to‘la. Unda jamoani kuchaytira oladigan xislatlar yetarli. Tomasning falsafasi bizga ma’qul keldi.

- Uning qattiqqo‘lligi futbolchilar bilan munosabatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydimi?

- Yo‘q, aksincha, u futbolchilarni hurmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, haqiqiy professional.

- Aytishlaricha, uni taklif qilish g‘oyasi Amirning kichik ukasi Yoanga tegishli ekan...

- (Kuladi) Hazilkashlar. Shayx Yoan - bizning yaqin do‘stimiz. Lekin u futbol ishlariga hech qachon aralashmaydi.

- Demak, Tuxelni taklif qilish g‘oyasi shaxsan o‘zingizga tegishli?

- Ha. Tomas variantini taklif qildim. Antero Enrike bilan gaplashib ko‘rdim. Klubda mendan tashqari xo‘jayinlar va sport direktori ham bor.

- Neymar «PSJ»da qoladimi?

- Albatta. Ming marta takrorlayman - u qoladi.

- Lekin bu haqda uning o‘zi hech narsa demayapti-ku?

- Otasi Parij uning taqdiri ekanligini aytdi. Neymar mish-mishlardan charchadi. Uydirmalarni Ispaniya matbuoti o‘ylab topmoqda. Ishonmasligingiz mumkin, lekin bitta savolga javob beraverish jonimga tegib ketdi. Uning «PSJ» bilan to‘rt yillik shartnomasi bor.

- U qolishga shaxsan va’da berdimi?

- Sizningcha, futbolchilar bilan o‘zaro suhbatimizni oshkor qilishim durustmi?

- Edinson Kavani qoladimi?

- Fransiya kubogi finalidan so‘ng u «PSJ»da baxtli ekani va qolmoqchiligini aytdi. Umuman olganda, Edinsonning ikki yillik shartnomasi bor.

- Kim ketishi mumkin?

- Tyago Motta faoliyatini yakunlamoqchi. Akademiyamizda murabbiy bo‘lib ishlaydi. So‘nggi so‘zni murabbiy aytadi. Kim ketib, kim qolishini uning o‘zi hal qiladi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:51, 08.06.2018.
O'qildi: 5088 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.