Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Xayrulla Hamidov maqolasi: Mundiallar xotirasi

Xayrulla Hamidov maqolasi: Mundiallar xotirasi

Baho:
+ | -

Jahon chempionatidan bir yil so‘ng tug‘ilganman. Nemislarning elitaga qaytgan musobaqasi. Gollandiya degan yurtning otilib, katta sahnaga chiqqan damlari edi. Albatta, bu voqealarni biz keyin kassetalarda ko‘rganmiz. Otalarimiz yaxshi eslashadi.

Ilk tomosha qilganim Maradonaga atalgan mundial bo‘lgan. 11 yosh edim. Argentina jahon chempioni bo‘lgan, xuddi tug‘ilishimdan bir yil oldingi Germaniyaga o‘xshab buyuklar safidan o‘rin olgan edi.

1990 yilgi jahon chempionati aqlimni tanigan paytlarim bo‘lgani uchunmi yo rostan ham katta jamoalar ko‘p bo‘lganidanmi, juda shiddatli o‘tgani yodimda. Germaniya Argentinadan qasos olgandi. Tug‘ilishimdan sal oldin elitaga qaygan Germaniya aqlimni taniganimda ulg‘aygan Argentinani, xususan, uning yetakchisini yig‘latgan edi.

1994 yil. Universitetda o‘qiyman. Gazetada musahhih bo‘lib ishlayman. Ilk xabarsifat maqolalarim futbolga oid yozilganiga o‘sha mundial sababchi. Roberto Badjo siymosi shuning uchun ham ko‘z o‘ngimda o‘ta katta yulduz bo‘lib qolgandir. Balki.

Asr oxiridagi jahon chempionati finali ham shundoq ko‘z o‘ngimda. Sababi, aynan o‘sha kuni jurnalistika fakultetida diplom ishimni himoya qilgandim va o‘z nutqimni “bugun final bo‘ladi” deb boshlagandim. Zidan o‘sha kuni futbol elitasiga kirishini bilmasdim, ochig‘i. Braziliya qo‘rqinchli edi juda. Balki diplom ishimni himoya qilayotgan onim Ronaldoning o‘sha zaharlanajak ovqatini yeyayotgan paytiga to‘g‘ri kelgandir. Balki.

2002 yilgi mundial mening sharhlovchilik faoliyatimdagi muhim burilish edi. Finalni Mirzahakim akam bilan sharhlaganman. Yolg‘ondakam Germaniyaga muxlis bo‘lib boshlaganman (chunki nemislar yurib kelgan setka tomonidagi o‘yinlarning ko‘pi mening chekimga tushgandi), biroq Ronaldo gol urgach, uyalmasdan ustoz sharhlovchining gapini ham “yulib olganim” esimda (shu odatim haligacha bor).

2006 yilgi mundial ham o‘z voqeotlari bilan xotiram to‘ridan joy olgan. Televideniyedan ketganmanu, ammo mundial o‘yinlariga chaqirtirilgan edim. G‘alati holat-a, shu musobaqa tugaydi va TVda boshqa ishlamayman. Nedir kemtik bo‘lib turardi o‘yinlarni ko‘rarkanman. Uchinchi o‘rin uchun bahsni sharhlagandim oxirgi marta. Shvaynshtayger shundan beri ko‘zimga g‘alati ko‘rinadi.

2010. Finalni Qiziltepada ko‘rganman. Ilk kunim edi.

2014. Finalni yana o‘sha yerda ko‘rdim. Lekin ketish arafasida turganimni bilardim. Bu his xuddi 2006 yili erinibgina o‘yinlar tugashini istamay sharhlaganimga o‘xshardi, faqat aks holida – tezroq tugayqolsa edi bu turnir, derdim. Mundial ham tez tugadi, muddat ham.

2018 yilgi JCHga ham yetib keldik. Endi ikki xil tasavvur: agar JARdagi va Braziliyadagi jahon chempionati bilan solishtirilganda, rohatlanib kuzataman. Bundan-da zavqli onlar yo‘q, deb. Asr avvalidagi mundiallar ila taqqoslansa, sharhlovchi bo‘lib mundialni tomoshabin bo‘lib kuzatish biroz alamli tuyg‘u. Baribir men birinchi taqqosni tanlayman va zavqlanishga qaror qilaman.

Men bu sabrimning evaziga boshqa mukofot kutaman: 2022 yilgi turnirda terma jamoamizni ilk marotaba ana shu festivalda ko‘rish! Farqi yo‘q, sharhlovchi bo‘libmi, tomoshabin bo‘libmi, faqat oilam bag‘rida, do‘stlar davrasida bo‘lgani.

Eslab ko‘ringchi, jahon chempionatlari sizning hayotingizga ham shunday, bo‘lak-bo‘lak tuyg‘ular izini tashlab ketgandir balki.

Xayrulla HAMIDOV

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 09:13, 09.06.2018.
O'qildi: 4992 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.