Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli 2-0 Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Zayniddin Zidan: «Real»dan ketish men uchun bema’ni qaror emas»

Zayniddin Zidan: «Real»dan ketish men uchun bema’ni qaror emas»

Baho:
+ | -

Zayniddin Zidan «Real»dan g‘olibona notada ketishga qaror qildi.

Yaqindagina «Qirollik klubi» bosh murabbiyi sifatida YECHLda ketma-ket 3-g‘alabani nishonlagan fransiyalik mutaxassis olamshumul zafar zavqini yetarlicha tuymay turib, mutlaqo kutilmaganda, jamoadan ketishini ma’lum qildi.

Nega? Sabab nima? Buyuk Zizu iste’foga chiqish haqidagi qarorini tushuntirishga urindi.

Iste’fo haqida

Florentino Peres: - Zizu kecha yonimga keldi va kutilmagan, lekin qat’iy qarorini ma’lum qildi. Keling, yaxshisi, hammasini uning o‘zidan eshitaylik. Faqat shuni qo‘shimcha qilishim mumkinki, men hamisha Zidan yonidaman!

Zayniddin Zidan: - Ha, yangi mavsumni «Real» bosh murabbiyi sifatida boshlamaslikni ma’qul ko‘rdim. Klub prezidenti bilan uchrashuvda barchasini obdon tushuntirdim. O‘ylaymanki, bu qaror barchamiz - men, shogirdlarim va klub uchun eng to‘g‘ri yo‘l.

Ehtimol, bu biroz g‘ayritabiiydek tuyular. Lekin shunday to‘xtamga kelishim kerak edi. Jamoa zafarli yurishini davom ettirishi lozim. Buning uchun esa nimanidir yangilash, o‘zgartirish talab qilinadi. 3 yillik davrdan keyin yangi metodologiyaga asoslangan o‘zgacha yo‘nalish zarur.

Shularni hisobga olib, ketishga ahd qildim. Jamoamni, bu yerda o‘ynashim va ishlashimga imkoniyat bergan prezidentni jonimdan ortiq ko‘raman. Yuksak ishonch uchun undan bir umr minnatdorman. Biroq bugun barchamiz uchun muhim o‘zgarishni amalga oshirishimiz shart. Ketishimning asosiy sababi shu.

Florentino Peres: - Yaqindagina CHL kubogini qo‘lga kiritganimizni hisobga olsak, bu chindan ham, aslo kutilmagan qaror: men, muxlislar, futbolchilar va klub xizmatchilari uchun g‘amgin kun... Zizuni ham futbolchi, ham murabbiy sifatida shu qadar qattiq hurmat qilamanki, uning qarorini ma’qullashdan o‘zga ilojim yo‘q.

Ha, yangilikdan «shok» holatiga tushib qoldim, fikridan qaytarishga urinib ko‘rishni xohladim. Lekin bundan naf chiqmasligini yaxshi bilganim uchun tiyildim. Aslida Zidanga  bir umr oilamiz a’zosi bo‘lib qolishini eslatmoqchi edim. Bunday xabarga tayyor turish qiyin - birovning xayoliga kelmagan qaror.

Kecha Zidanga 2 yil avvalgi suhbatimizni eslatdim. O‘shanda uning uyiga borgan va «Real»ni boshqarishga nechog‘li tayyor ekanligi xususida so‘ragandim. Shunda Zizu qat’iy ohangda javob bergandi: «Ha, mutlaqo tayyorman». Mana, u va’dasiga muvofiq, muvaffaqiyatni ta’minladi.

Jamoa ravnaqi yo‘lida kuchli muhabbat, fidoyilik, tirishqoqlik bilan ishlagani va mahorati uchun undan minnatdorman. Shuningdek, odob-axloq bobida ham barchaga namuna bo‘ldi. Ishonaman, Zizu kun kelib, yana safimizga qaytadi!»

Zayniddin Zidan: - Albatta, men ham xato qilishdan himoyalanmaganman. Lekin hozir ayni ketadigan payt. Muvaffaqiyatlardan mag‘rurlanish ta’sirida barchasidan ayrilmay turib, tegishli o‘zgarishlarni amalga oshirish afzal...

Shogirdlari haqida

Zayniddin Zidan: - O‘yinchilar ham boshqacha munosabat va o‘zgarishlarga muhtojlar. Ularga alohida rahmat. Chunki maydonda aynan futbolchilar kurashadilar: biz - murabbiylar esa doimo yigitlardan ko‘proq fidoyilik ko‘rsatishni talab qilamiz, bosimni oshiramiz.

Gohida shunday payt keladiki, yo‘nalishni keskin o‘zgartirish zarurati tug‘iladi. Shogirdlarim qarorimdan xabardorlar, ularga SMS-xabar yubordim. Endi sardorlar bilan alohida suhbatlashmoqchiman. Hozircha Ramos bilan gaplashdim, barchasini tushuntirdim.

Muhimi, Serxio ham qarorimni to‘g‘ri qabul qildi va kelgusi ishlarimda omad tiladi. Axir ikkimiz vaqtida yonma-yon to‘p surganmiz, quvonchli lahzalarni birga tuyganmiz.

Muxlislarga minnatdorchilik

Zayniddin Zidan: - «Real» muxlislari meni murabbiy sifatida xuddi futbolchilik davrida bo‘lgani kabi doimo qo‘llab-quvvatladilar. Sadoqatlarini yuksak qadrlayman va huzurlarida yana bir bora bosh egaman.

Ha, oxirgi mavsum davomida murakkab vaziyatlarga ham duch keldik, bizni hushtakbozlik bilan qarshi olishgan holatlar kuzatildi. Biroq buni talabchanlikka yo‘yish kerak. Har holda, shaxsan men muxlislardan xafa emasman.

Madridliklarning iste’foga munosabatlari haqida

Zayniddin Zidan: - Albatta, bu qarorim bor-yo‘g‘i «ko‘rishguncha» ma’nosiga ega. «Madrid menga hamma narsani berdi, doimo uning yonida bo‘laman. To‘g‘ri, qarorim ko‘pchilikka bema’nilikdek ko‘rinishi mumkin, lekin o‘zim uchun emas.

Yangi jamoa masalasi

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:26, 09.06.2018.
O'qildi: 8099 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.