"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann yaqin vaqtlar ichida kelajagi borasida qarorni e’lon qiladi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, bugun, JCH-2018 oldidan Fransiya termasining matbuot anjumanida e’lon qilishi mumkin.
Futbolchi avvalroq jahon chempionati startigacha o‘z qarorini e’lon qilishini aytgan edi.
Grizmannga asosiy davogar "Barselona" bo‘lib turibdi, ammo u madridliklar safida qolishi ham mumkin.