Perm ko‘chalarining biri o‘z vaqtida O‘zbekiston terma jamoasini qisqa muddat boshqargan Pavel Sadirin sharafiga nomlanadi. Ushbu qaror 5 iyun kuni shahar meri ishtirokidagi yig‘ilishda qabul qiligan.
Pavel Sadirin – permlik mutaxassis, 2000 yilning bahorida O‘zbekiston terma jamoasini boshqargan va Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidagi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqqan edi.
U bundan tashqari, SSKA va «Zenit» klublarini, Rossiya terma jamoasini ham boshqargan.