Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

JCH-2018. Marokash butun o‘yin ustunlik qilib Eronga yutqazib qo‘ydi

JCH-2018. Marokash butun o‘yin ustunlik qilib Eronga yutqazib qo‘ydi

Baho:
+ | -

Marokash terma jamoasini o‘yinni shiddat bilan boshladi va 20-daqiqasiga to‘liq ustunlik qildi va bir necha xavfli vaziyatga ega bo‘ldi.

2-daqiqadayoq Aritning 22 metrdan bergan zabasi darvozaning yonginasidan o‘tib ketdi. Ikki daqiqa o‘tib, burchak to‘pidan so‘ng o‘ziga qulay kelgan to‘pni Ziyesh oyog‘iga o‘nglay olmadi va yaxshi imkoniyatni boy berdi. Bir daqiqadan szng Belxandaning bosh bilan bergan zarbasi darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi.

8-daqiqada afrikaliklar yana xavli vaziyat yaratdilar, El Kabining to‘pni to‘xtatmasdan bergan zarbasi darvoza yonginasidan o‘tib ketdi.

17-daqiqada marokashliklar eronliklar darvozasini o‘qqa tutishdi. Jarima to‘pidan so‘ng Ziyeshning zarbasiga himoyachilar to‘siq bo‘lishdi, Benatianing zarbasini esa Beyravand qo‘llarining uchi bilan qaytarib qoldi.

20-daqiqalardan so‘ng eronliklar ham o‘zlariga kelishib, raqib maydonida ko‘rinish bera boshladilar. Azmun qarshi hujumdan so‘ng to‘p bilan yaxshi harakatlana olmadi, biroz o‘tib, yana Azmun qulay vaziyatdan aniq zarba bera olmadi.

Bo‘lim oxirida eronliklar hisobni ochishlari mumkin edi! Tezkor hujumda yana o‘sha Azmun otilib chiqdi va darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatda zarba berdi, to‘p darvozabon Muhammadiyning oyog‘iga tegib qaytdi, qaytgan to‘pni Ansarifard davozaga to‘g‘irlab tepishda shoshdi.

Ikkinchi bo‘lim ham, marokashliklar ustunligida boshlandi. Hujumlarning birida Amrabat Aritga to‘p oshirdi, u 12 metr masofadan to‘pga to‘xtatmasdan zarba berdi, juda noaniq.

70-daqiqada Jahonbaxsh jarima to‘pi ishladi, tepilgan to‘pni marokashliklar xotiramlik bilan uzoqlashtirdilar. Birozdan so‘ng Azmun o‘ng qanotdan arima maydonchasiga oshirgan to‘pi noaniq bo‘ldi.

78-daqiqada zaxirdan tushgan Marokash yarimhimoyachisi Buxadduz uzoq masofadan xavfli zarba berdi, ammo Beyravandning mahorati eronliklarni goldan saqlab qoldi.

Hakam uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo‘shib berdi, qo‘shilgan daqiqalarning 4-chisida Buxudduz chap qanotda eronlik futbolchiga qo‘pol o‘ynadi, jarima to‘pi belgilandi. Xajsafi tepgan to‘pni Buxudduz o‘z darvozasiga boshi bilan kiritib qo‘ydi.

Shu tariqa butun o‘yin davomida bir bosh ustun o‘ynagan Marokash mag‘lub bo‘ldi.

JCH-2018, 1-guruhi

V guruhi

Marokko – Iran 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90, avtogol Buxadduz.

Marokash – Muhammadiy, ElhAxmadiy, Benatiya, Hakimi, Belxanda, Ziyesh, Xarit (da Koshta, 82), Bussufa, Amrabat (Amrabat, 76), Saiss, El Kaabi (Buxadduz, 77).

Eron – Beyranvand, Puraligandji, Cheshmi, Rezayan, Shojai (Taremi, 68), Xajsafi, Amiri, Ibrohimiy (Xosseyni, 80), Jahonbaxsh (Goddos, 85), Azmun, Ansarifard.

Ogohlantirishlar: Shojai (10), El Ahmadiy (34), Jahonbaxsh (47), Ansarifard (90)

 

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:05, 15.06.2018.
O'qildi: 4918 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик