Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Erkak yig‘lamasin dunyoda yoxud mavsumni ko‘z yoshi bilan yakunlagan futbolchilar

Erkak yig‘lamasin dunyoda yoxud mavsumni ko‘z yoshi bilan yakunlagan futbolchilar

Baho:
+ | -

Navbatdagi bosh turnir boshlanishi arafasida poyoniga yetgan mavsum bir umrga xotiradan joy oladigan betakror lavhalarga juda boy bo‘ldi.

Stadiondan to‘ppa-to‘g‘ri tarix sahifasiga ko‘chib o‘tadigan murosasiz bellashuvlardagi dahshatli bosim esa futbolchilarni ne ko‘yga solmadi, deysiz?

Ehtiroslar otashidan sel bo‘lib quyilgan ko‘z yoshlari hech kimni befarq qoldirmaganiga shubha yo‘q.

MUHAMMAD SALOH VA DANIEL KARVAXAL

YECHLning oxirgi final bahsida ikki nafar futbolchi maydonni barvaqt tark etishga majbur bo‘lishgandi. Avvaliga «Liverpul»ning dahshatli quroli - Muhammad Saloh raqib himoyachisi Serxio Ramos bilan to‘qnashib ketdi va yelkasidan jarohat oldi. Natijada 30-daqiqada tomoshabinga aylangan misrlik hujumchi ko‘zda yosh bilan maydonni tark etdi.

Oradan 7 daqiqa o‘tar-o‘tmay, «Qirollik klubi» himoyachisi Daniel Karvaxal ham safdan chiqdi. Jamoadoshlari hujumini qo‘llab-quvvatlash maqsadida oldinga intilgan paytda u ham jarohat olgandi. To‘g‘ri, final hushtagi chalinganidan keyin Karvaxal o‘sha falokatni ham, uning ayanchli oqibatini ham butunlay unutib yubordi.

Boisi, uning jamoasi qatorasiga uchinchi marta nufuzli sovrin sohibiga aylangandi. Muhammad Saloh esa... Alamli ko‘z yoshlarning bir tomchisiga hatto Nil daryosi ham dosh berolmagan bo‘lardi.

LORIS KARIUS

Taqdirning bu futbolchi uchun tayyorlab qo‘ygan qaltis hazilini ta’riflashga til ojiz: YECHLdek nufuzli musobaqaning hal qiluvchi bahsida bir emas, ikki marta raqibga gol sovg‘a qilish g‘oyasi uchiga chiqqan fantastning ham xayoliga kelmasdi.

Ammo u yuz berdi. Futbol olami tarixida ilk marta. Bu tomoshaning takrorlanishiga shaxsan men ishonmayman.

DIMITRI PAYET

Fransiyalik yarim himoyachi chekiga tushgan savdo ko‘lami va nufuzi jihatidan bir muncha kamtarin. Lekin omadsiz lahzalarni Payet ham uzoq vaqt unuta olmasligi aniq. Balki bir umr yoddan chiqarmas?!

Xabaringiz bo‘lsa, «Marsel» va «Atletiko» o‘rtasidagi Yevropa Ligasi finalining birinchi bo‘limida Dimitri jarohat olib, maydonni tark etdi.

Yetakchi o‘yinchisidan judo bo‘lgan «Marsel» esa kuchli raqibning bosimiga dosh bera olmadi va yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

NEYMAR

«PSJ» klubi hamda Braziliya terma jamoasining asosiy hujumchisi uchun barchasi xayrli yakunlandi: u JCH-2018da ishtirok etmoqda. Ammo «Marsel»ga qarshi bellashuvda shikastlanib, maydonni barvaqt tark etganidan keyin mundialdagi ishtiroki shubha ostida qolgandi.

Neymarning baxtiga, jarohat unchalik jiddiy emasligi ma’lum bo‘ldi. Hujumchi esa mavsum yakunida «PSJ»ni tark etib, davolanish uchun vataniga yo‘l oldi. Poytaxt klubi Neymarsiz qolganiga qaramasdan, «oltin dubl»ga erishdi.

GABRIEL JEZUS

Neymarning terma jamoadagi hamkori ham mundial yo‘lida jiddiy sinovdan o‘tishiga to‘g‘ri keldi.

Yangi yil arafasida «Kristal Pelas»ga qarshi bahsda braziliyalik hujumchi tizzasidan shikastlanib, safdan chiqqandi. Ikki oylik muolajadan so‘ng u salomatligini to‘la tiklab oldi.

JANLUIJI BUFFON

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:52, 16.06.2018.
O'qildi: 7054 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик