Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Superliganing 3 ta klubi xorijda yig‘in o‘tkazadi

Superliganing 3 ta klubi xorijda yig‘in o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Rossiya yashil maydonlarida o‘tayotgan Jahon chempionati-2018 munosabati bilan O‘zbekiston PEPSI Superligasida tanaffus yuzaga kelgan. 

Jamoalar 15-tur uchrashuvlarini o‘tkazgandan so‘ng qisqa muddatli ta’tilga chiqishgan edi. Sekin-asta Superliga ishtirokchilari mavsumning ikkinchi qismi taraddudini boshlashmoqda. 

Quyida Superliga jamoalarining rejalari haqida ma’lumot beramiz: 

“Paxtakor”

Musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan Toshkentning “Paxtakor” jamoasi yozgi tanaffus davrida Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashadi. “Sherlar” 20-30 iyun kunlari Turkiyaning Kartepe shaharchasida yig‘in olib borishadi. Jamoa Turkiyada 3ta nazorat bellashuvida maydonga tushishni rejalashtirgan. Hozircha jamoa tarkibida o‘zgarishlar amalga oshgani yo‘q. 

“Navbahor”

Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Navbahor” futbolchilari ham qisqa muddatli hordiqdan so‘ng 17 iyundan mashg‘ulotlarni boshlashdi. Namanganliklar kuniga 2 mahaldan Qibrayda shug‘ullanishmoqda. “Navbahor” safiga birinchi davrani “Lokomotiv” tarkibida o‘tkazgan yarim himoyachi Sherzod Karimov kelib qo‘shildi. 3 nafar futbolchi esa “lochinlar” safini tark etdi. Bular: yarim himoyachilar – Zohir Pirimov, Behruz Sodillayev hamda serbiyalik hujumchi Nenad Inas.          

“Bunyodkor”

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarliklar doirasida “Archazor” maskanida mashg‘ulotlarga kirishdi. “Qaldirg‘ochlar” tog‘da 18-27 iyun kunlari mashg‘ulotlar olib borishadi. Jamoa hozircha o‘zining bir qator yetakchilarisiz shug‘ullanmoqda. “Bunyodkor”ning 5 nafar a’zosi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida Turkiyada o‘tayotgan yig‘inlarda qatnashmoqda. 

“Buxoro”

“Buxoro” jamoasi bugundan mavsumning ikkinchi qismiga hozirlikni boshlaydi. Jamoa Toshkentda yig‘iladi va bir hafta davomida poytaxtda mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Hozircha jamoa safiga yangi kelib qo‘shilganlar yo‘q. Faqatgina Marko  Klisuro va Sergey Ruseskiy “Buxoro” safini tark etishdi. Toshkent yig‘ini davomida buxorliklar nazorat uchrashuvi tashkil etishni ham rejalashtirishgan. 

“Lokomotiv”

Qisqa ta’tildan so‘ng kecha o‘z qarorgohida yig‘ilgan “Lokomotiv” bugun Belorussiya poytaxti Minsk shahriga jo‘nab ketadi. “Temiryo‘lchilar” 19 iyundan 3 iyulga qadar Minskda mashg‘ulotlar o‘tkazishadi. 

Ushbu yig‘in davomida rejaga ko‘ra 4 ta nazorat uchrashuvlari tashkil etiladi.  Dastlabki nazorat bahsi 22 iyunda Rossiyaning “Tambov” jamoasiga qarshi o‘tadi. 

“Metallurg”

Bugundan “Metallurg” futbolchilari Qibray o‘quv-mashg‘ulot maskanida hal qiluvchi bahslarga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Jamoa Superligadagi tanaffus so‘nggiga qadar Qibrayda shug‘ullanadi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan tashqari bir qator o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvlariga ham e’tibor beriladi. Hozircha Bekobod jamoasi safida o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q. 

“Nasaf”

Qarshining “Nasaf” klubi ertaga o‘z qarorgohida to‘planadi. Jamoaning legionerlari ayni paytda hodriq chiqarish uchun o‘z yurtlariga yo‘l olishgan.  “Nasaf”ning 6 nafar futbolchisi esa olimpiya terma jamoasi yig‘inida qatnashmoqda. Jamoa kelasi haftadan nazorat uchrashuvlarida ham maydonga tushishni boshlaydi. 

“Qizilqum”

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi 22 iyun kuni poytaxtda to‘planadi. Navoiyliklar mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni to‘liq Toshkentda olib borishni rejalashtirishgan. Hozircha “Qizilqum” safida o‘zgarishlar bo‘lganicha yo‘q.  Jamoa yig‘in doirasida bir qator jamoalar bilan nazorat bahslari o‘tkazishni ham mo‘ljallab turibdi. 

“Qo‘qon-1912”

Qo‘qonliklar ham 20 iyundan Toshkentda yig‘inga kirishishadi. Hozircha “Qo‘qon-1912”ning ikki nafar futbolchisi olimpiya terma jamoasi tarkibida Turkiya yig‘inida ishtirok etmoqda. Qolaversa, tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida serbiyalik legionerlar xordiq chiqarish uchun o‘z yurtlariga jo‘nab ketishgan.  Qo‘qon jamoasi poytaxtda 3 ta nazorat o‘yinida maydonga tushishni maqsad qilgan. 

AGMK

Bugun AGMK jamoasi mavsumning ikkinchi qismiga hozirlik olib borish uchun Minsk shahriga jo‘nab ketadi.  19-28 iyun kunlari oralig‘ida tashkillashtiriladigan o‘quv-mashg‘ulotlarida 22 nafar futbolchi ishtirok etadi.  Olmaliqliklar Belorussiyada 3ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.  Rejaga ko‘ra,  21 iyun kuni "Dinamo" (Sochi),  24 iyunda "Baltika" (Kaliningrad) va 27 iyun kuni "SKA Xabarovsk" (Xabarovsk) kabi Rossiya jamoalari sparring raqib vazifasini o‘taydi. 

Hozircha birinchi davrani "Nasaf" jamoasida o‘tkazgan Jasur Hasanov hamda ilgari Olmaliq jamoasida o‘ynagan Zohir Pirimov AGMK safiga kelib qo‘shilishdi. Shuningdek,  jamoa tarkibiga yana ikki futbolchi Alisher Samatov va Azamat Isroilov ham taklif etilgan. Agar kelishuv amalga oshsa, ular ham AGMK sharafini himoya etishadi.  

“So‘g‘diyona”

“So‘g‘diyona” jamoasi 17 iyundan boshlab Zominda mashg‘ulotlar boshlab yubordi. Jamoa 26 iyunga qadar tog‘da futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash ustida ishlaydi. So‘ngra 27 iyun kuni jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha  normativlar topshiriladi. 28 iyundan esa jamoa Toshkentda yig‘inning ikkinchi bosqichiga kirishadi. Rejaga ko‘ra, “So‘g‘diyona” poytaxtda 5 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.  

“Neftchi”

Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi ertadan o‘z qarorgohida to‘planadi. Jamoa mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni dastlab Qirgulida olib borishni rejalashtirgan. Hozircha ukrainalik darvozabon Vitaliy Mirniy o‘z yurtida ta’tilni o‘tkazmoqda. Mahalliy o‘yinchilar esa ertadan jamoa yig‘iniga qo‘shilishadi. “Neftchi” yuzaga kelgan tanaffus vaqtida bir nechta nazorat uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirgan.  

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:09, 19.06.2018.
O'qildi: 5213 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.