Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Pepsi Superliga: Toshkent klublari chempionlikdan olismi?

Pepsi Superliga: Toshkent klublari chempionlikdan olismi?

Baho:
+ | -

«Navbahor» 15-tur o‘yinida quyi oltilikdagi «Qo‘qon-1912» bilan o‘ynagan bo‘lsada, kuchli guruhning alohida jadvalida 1-o‘rindan pastga tushmadi. To‘g‘ri, agar «Bunyodkor» Buxorodan g‘alaba bilan qaytganida, Namangan jamoasining asosiy ta’qibchisiga aylanardi.

Lekin durang natija ortidan umumiy jadvalda ham «Navbahor»ni oldinga o‘tkazib yubordi. «Qizilqum»ning esa  kuchli oltilikka ilinish imkoniyati ancha yaxshilandi. «Nasaf»dagi holatni nazarda tutsak, Ro‘ziqul Berdiyev jamoasining quyi guruhdan yuqoriga ko‘tarilishi ancha mushkul masaladek.

Har holda, moddiy va ruhiy kamchiliklar qarshiliklarga yaqqol xalaqit bermoqda. «Neftchi» esa o‘z uyida «Paxtakor»dan ochko tortib olib, farg‘onalik muxlislarga qandaydir umid bag‘ishlagan bo‘lsa, ajabmas.

Xullas, ortda qolgan 14ta tur natijalari bo‘yicha jamoalarni shartli ravishda ikki guruhga ajratsak, ularda «Navbahor» (umumiy jadvalda 2-o‘rin) va «Qizilqum» (8-o‘rin) peshqadamlik qilmoqda.

Yuqoriga intiluvchilar

15-turda yuqori guruh jadvaliga katta ta’sir qiluvchi 1ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda Shahzod Nurmatovning 2ta goli «Bunyodkor»ga qimmatli 1 ochkoni taqdim etdi. «Oltin ochko» qoidasi bo‘yicha jadval tuzsak, hozircha chempionlik poygasida qatnashadiganlar guruhida «Buxoro»ning imkoniyati nisbatan pastroq ko‘rinmoqda.

Ulug‘bek Baqoyev shtabida ishlagan Baxtiyor Ashurmatovning Olmaliq shahri jamoasiga o‘tib ketganini inobatga olsak, buxoroliklar hali yuqori oltilikdagi joyni saqlab qolishda ham qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

Amaldagi chempion - «Lokomotiv»ning sur’atni oshirayotgani sezilyapti. Lekin «temiryo‘lchilar» mavjud 22 ochkodan 14tasini quyi pog‘onalardagi jamoalardan tortib olishgan. Demak, «Loko»ning hisobida «oltin ochko» miqdori hozircha atigi 8ta, xolos.

Boz ustiga, jamoa o‘yinlarida yashirin hujum qurollari to‘liq ishga solinmayapti, go‘yo. Buni ikki xil ma’noda izohlash mumkin: «Loko» o‘z kuchini muhim pallaga asramoqda yoki tig‘izlikdan qiynalmoqda. Ayni payt elit guruhda «Metallurg» va «Lokomotiv»ning ochkolari teng. «Buxoro» esa yetakchilardan birgina «Paxtakor»ni yengish uddasidan chiqqan, xolos.

Deylik, Ulug‘bek Baqoyev jamoasi safarda kechgan 6ta o‘yindan 4tasini boy bergan. Bu mag‘lubiyatlarning 3tasi esa yuqori guruh vakillari maydonida qayd etilgan. Qo‘shimcha ma’lumot: hozirgi kuchli oltilik doirasidagi o‘zaro 19ta o‘yinda jami 44ta gol urildi.

Yuqori oltilik

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:19, 22.06.2018.
O'qildi: 5412 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик