Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Dilshod Jabborov: “Futbolimizdagi islohotlar o‘z samarasini bermoqda”

Dilshod Jabborov: “Futbolimizdagi islohotlar o‘z samarasini bermoqda”

Baho:
+ | -

Namanganning “Navbahor” jamoasi PEPSI Superliga-2018 mavsumini ancha ko‘tarinki ruhda o‘tkazmoqda. Namanganliklar yozgi tanaffusga musobaqa jadvalida 2-pog‘onani egallagan holda chiqib ketishdi. 

Ayni paytda "Navbahor" mavsumning ikkinchi qismiga Qibrayda hozirlik olib bormoqda.  Jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri, yarim himoyachi Dilshod Jabborov PFL rasmiy saytiga joriy yilgi chempionat qanday o‘tayotgani haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.        

- Dilshod, O‘FA hamda PFL tomonidan futbolni rivojlantirish uchun olib borilayotgan islohotlarni qanday baholaysiz?

- Ijobiy baholayman. Boisi, islohotlar o‘z mevasini bermoqda. Oldingi mavsumlarga qaraganda bu yil mamlakatimiz futbolida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Masalan, hakamlik saviyasi oshdi, avvalgidek ochko ulashuvchi jamoalar qolmadi, barcha klublarning kuchi deyarli teng. Bunga misol tariqasida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasining Namanganda klubimiz  (1:1), shuningdek, o‘z maydonida “Paxtakor” bilan (1:1) durang natija qayd etganligini keltirish joiz. Bir so‘z bilan aytganda, O‘FA hamda PFL tomonidan futbolni rivojlantirish uchun olib borilayotgan islohotlar sekin-asta o‘z samarasini bermoqda.

- Bu yilgi chempionatimiz Superliga deb atalganidan keyingi o‘zgarishlar haqidagi fikringiz?

- Ta’kidlash joizki, Superliga bahslari o‘z nomiga yarasha shiddatli va kurashlarga boy tarzda kechyapti. Bunda albatta, birinchi navbatda joriy yildan boshlab, milliy chempionatimizning barcha uchrashuvlarini televizor orqali namoyish etilayotgani ham muhim rol o‘ynamoqda. Bu biz – futbolchilarga qo‘shimcha kuch bag‘ishlamoqda. Boisi, oynai jahon orqali bizning o‘yinlarimizni mamlakatimizning barcha futbol muxlislari kuzatishadi. Shunday ekan, o‘z ustimizda ko‘proq ishlab, xatolarga yo‘l qo‘ymasdan to‘p surishga intilamiz. Qisqasini aytganda, milliy chempionatimiz PEPSI Superliga deb atalganidan keyin ancha ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi.

- Sizningcha, joriy yilgi chempionat yetarli darajada qiziq o‘tyaptimi?

- Bo‘lmasam-chi! Ta’kidlaganimdek, biz – futbolchilarning ishtirokimizdagi o‘yinlarni mamlakatimizning barcha hududlaridagi muxlislar tomosha qilishayotganini his etib, to‘p surish bizga o‘zgacha hissiyot bag‘ishlaydi. Uchrashuvlar ham ancha qiziqarli o‘tyapti. Jamoalar deyarli teng kuchga ega bo‘lishgani bois, birorta o‘yinning natijasini oldindan bashorat qilish qiyin. Joriy mavsum shuningdek, kutilmagan natijalarga ham boy tarzda kechyapti. Oldingi mavsumlarda bunday holatlar barmoq bilan sanoqli tarzda kuzatilardi. Bu yil esa klublar ancha kuchayishgan. Autsayder jamoa yo‘q, hisobi. Demak, bundan shunday xulosa qilish mumkinki, bu yilgi chempionatimiz bahslari ancha qiziq tarzda kechyapti.

- Stadionlarga muxlislar tashrifi ortgani haqida qanday fikrdasiz? Bu futbolchilarga ijobiy ta’sir qiladimi?

- Albatta, joriy mavsumdan boshlab, o‘yingohlarga ishqibozlar tashrifining ortganligi quvonarli hol. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari biz – futbolchilarga ruhiy quch-quvvat berib, maydonda o‘zgacha ishtiyoqda to‘p surishimizga zamin yaratadi. Shunday ekan, buning ijobiy ta’siri kuchli. Tomoshabinlarga to‘la stadionda to‘p surishning gashti o‘zgacha. O‘z  maydonimizdagi ijobiy natijalarda ham jamoamiz muxlislarining hissalari beqiyos. Ularning qo‘llab-quvvatlashlari evaziga ko‘plab uchrashuvlarda zafar quchyapmiz.

Fursatdan foydalanib, buning uchun ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va shunday qo‘llab-quvvatlashda davom etishlariga umid qilaman. 

“Navbahor” PFK matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 10:54, 22.06.2018.
O'qildi: 2901 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.