Mavsumning ikkinchi qismiga Belarusning Minsk shahrida hozirlik olib borayotgan AGMK bugun ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Rossiyaning "Dinamo" (Sankt-Peterburg) jamoasiga qarshi kechgan bahs qiziqarli tarzda o‘tdi. AGMKning yangi ustozi Baxtiyor Ashurmatov yig‘inga jalb etilgan barcha futbolchilarni sinab ko‘rdi. O‘yin taqdirini 42-daqiqada Anzor Sanaya tomonidan urilgan gol hal qildi va AGMK ilk o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi.
Olmaliqliklar navbatdagi nazorat o‘yinini 24 iyun kuni Rossiyaning yana bir jamoasi "Baltika" (Kaliningrad)ga qarshi o‘tkazadi.