Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Vasiliy Utkin: "Men ablahman... Men... Men jirkanchman"

Vasiliy Utkin: "Men ablahman... Men... Men jirkanchman"

Baho:
+ | -

Argentina - Xorvatiya o‘yini (0:3) davomida o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov sha’niga nojoiz so‘zlar ishlatgan rossiyalik futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin ishqibozlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga taklif qilgan edi.

Shundan so‘ng sharhlovchi Telegram kanali orqali muxlislarga murojaaat qildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu haqoratdan so‘ng Tvitter ijtimoiy tarmog‘ida Utkinning o‘zi haqoratlar yomg‘iriga uchragan edi.

Ravshan Ermatov haqida
"Mening jonli еfirimga ulgurmaydigan, kelmaydigan, xohlamaydiganlar, sabrsizlar uchun, shuningdek, eshitishdan ko‘ra o‘qish qulayroq bo‘lganlar uchun.

Men ... (...), ..., o‘zimni yuvindixonadan topgan, oilamning sharmandasi, mol, cho‘chqa va boshqa hakazoman.

O‘z haqoratingizni instаgram direktiga yozib qoldiring, eng yaxshisini tanlab, alohida e’lon qilaman. Ijodkorona so‘king.

Meni istaganingizcha so‘kishga to‘la haqlisiz. Eng yomon so‘zlar bilan. Buni qilyapsiz ham - sharhlovchi ham hakam kabidir. Taxminlarim to‘g‘ri chiqmasa doim shunday qilib kelgansiz.

Men ablahman, men... jirkanchman, men har narsaman...

Shunday qilishingiz mumkin, qilyapsiz ham.

Chunki, siz ishqibozsiz.

Chunki qiziqqonsiz.

Men ham siz kabiman. Men ham xuddi siz kabi kimnidir yomonlashim va so‘kishim mumkin hatto eng munosib insonlarni ham.

Chin yurakdan, g‘azabda. Omadni jilovlash uchun yoki shunchaki.

Rovshan Irmatov ajoyib hakam. Hakamni so‘kmagan muxlisning o‘zi yo‘q. So‘kilmagan hakam ham bo‘lmagan.

Rovshan Irmatov ajoyib hakam, ammo u hakam. U bilan ham boshqa hakamlar singari voqea bo‘lyapti.

O‘zbek halqiga, o‘zbek futboliga, o‘zbek paloviga va umuman O‘zbekistonga yomonligim yo‘q.

Men ham siz kabi ishqibozlik qilishgan, aqldan ozishga va omadni jilovlashga haqliman.

Agar buni tushunmasangiz - siz muxlis emassiz. Yoki o‘zingizga tashqaridan nazar solishni bilmaysiz.

Yaxshi va foydali ishlarni bajarishda Rovshan Ermatovga, oilasiga, yaqinlariga, do‘stlari va vatandoshlariga o‘zlari ishongan Xudosi yordam bersin. Meng yil yashasin va hech qachon yo‘talmasin", - deb yozadi Utkin.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:34, 22.06.2018.
O'qildi: 19650 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.