Himoyachi Danilo va yarimhimoyachi Duglas Kosta JCH-2018 guruh bosqichining 3-turida Serbiyaga qarshi o‘yinda Braziliya terma jamoasiga yordam bera olmaydilar.
Duglas Kosta Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda (2:0) mushak jarohatini oldi, Danilo esa xuddi shunday jarohatini davolashda davom etmoqda, deya xabar beradi Braziliya terma jamoasi matbuot xizmati.
Braziliya - Serbiya o‘yini 27 iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi.