Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Abror Ismoilov: «Neftchi» hali o‘z muxlislarini chiroyli g‘alabalar bilan yana xushnud etadi»

Abror Ismoilov: «Neftchi» hali o‘z muxlislarini chiroyli g‘alabalar bilan yana xushnud etadi»

Baho:
+ | -

PEPSI Superligada qisqa tanaffus yuzaga kelganidan xabaringiz bor. Ayni paytda jamoalar mavsumning ikkinchi qismiga hozirlik olib borishmoqda.

Mavsumni u qadar yuqori kayfiyatda o‘tkaza olmayotgan Farg‘onaning “Neftchi” klubi ham hozirda yozgi yig‘inini davom ettirmoqda. Farg‘onaliklar jamoasining yosh bo‘lishiga qaramasdan allaqachon yetakchilar safiga qo‘shilib ulgurgan yarim himoyachisi Abror Ismoilov PFL rasmiy saytiga “Neftchi”ning hal qiluvchi uchrashuvlarga qanday hozirlik olib borayotgani haqida gapirib berdi.

“Umuman olganda, bu yilgi chempionat bahslari ancha qiziqarli kechmoqda deyish mumkin. Nafaqat milliy chempionatning nomi o‘zgardi balki o‘yinlarning surati ham ancha keskin va murosasiz ruhda kechmoqda. Har bir uchrashuv Superliga saviyasida o‘tyapti. Ichki chempionat kuchli bo‘lsa, bundan faqat o‘zbek futboli yutadi”, - deya gap boshladi Ismoilov.

“Futbol birinchi o‘rinda muxlislar uchun o‘ynaladi. Quvonarli tarafi, bu yil o‘zbekistonlik ishqibozlar ichki chempionat bahslarini katta qiziqish bilan kuzatib borishyapti. Bu borada O‘FA hamda O‘zPFLning olib borayotgan islohotlari katta ro‘l o‘ynamoqda. O‘zbekistonda futbol ommalashib bormoqda. Futbolchilarga ham doim to‘lib-toshgan stadionlarga to‘p surish o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi”.

20 iyundan boshlangan yig‘in va jamoaning ikkinchi davraga tayyorgarligi haqida gapirarkan Ismoilov hali “Neftchi”ning yuqori o‘rinlarga ko‘tarilishiga ishonshini bildirdi. 

“Qirgulida yozg‘i yig‘inni o‘tkazyapmiz. Bo‘lajak bahslarga astoydil tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Shu kunlarda jamoamizga yana bir qator tajribali o‘yinchilarning qo‘shilishi kutilmoqda. Mazkur o‘yinchilar “Neftchi” jamoasini yana kuchaytiradi, deb o‘ylayman. To‘g‘risi, bu mavsumda o‘z muxlislarimizni xursand qila olmayapmiz. Biroq bu vaqtincha holat, deb o‘ylayman. Baribir “Neftchi” o‘z so‘zini aytadi hali. Muhimi – mana shunday pallada muxlislarning daldasi uzilib qolmasa bo‘lgani. Hozir ularning qo‘llab-quvvatlashi futbolchilar uchun muhim, deb o‘ylayman. Bizni oldinda mavsumning katta bir qismi kutmoqda. Ushbu davr mobaynida o‘z muxlislarimizni g‘alabalar bilan xursand qilib, ushbu qiyin vaziyatdan chiqib ketishimizga to‘liq ishonaman”, - dedi iste’dodli futbolchi.

  “Neftchi” FK matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:55, 23.06.2018.
O'qildi: 4051 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик