Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

JCH-2018. Saudiya Arabistoni so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

JCH-2018. Saudiya Arabistoni so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

Baho:
+ | -

JCH-2018 "A" guruhi vakillari Saudiya Arabistoni va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Guruh autsayderlari o‘rtasidagi o‘yin so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga saudiyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Kutilmaganda saudiyaliklar nisbatan sifatliroq futbol ko‘rsatgan bo‘lsalarda, hisobni misrliklar ochishdi. 22 daqiqasida Muhammad Saloh maydon markazidan sherigi uzatgan to‘pni ikki himoyachi orasida o‘ziga o‘nglab ola bildi va darvozabon ustidan oshirib qo‘ydi. Gol muallifi nimagadir golni nishonlamadi.

Uch daqiqa o‘tib, Misr yulduzi yana gol urishi mumkin edi, ammo mo‘ljalda biroz adashdi. 33-daqiqada Trezege Salohdan qulay uzatma qabul qilib oldi, ammo gol ura olmadi.

40-daqiqada saudiyaliklar hisobni tenglashtirish uchun 99 foizlik imkoniyatdan foydalana olmadilar - Al Muvallad penaltini golga aylantira olmadi. El Hadari to‘pni qaytardi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda saudiyaliklar yana penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Al Gabr Al Muvalladga qo‘pol o‘ynadi deb penalti belgilagan hakam o‘z qaroriga ishonmay videotkarorni ko‘rib, penalti rostan ham borligini ko‘rsatdi. 11-metrlikdan Al Faraj adashmadi va hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim ham kurashlarga boy bo‘ldi. Hisob durang bilan yakunlayotgan vaqtda, ya’ni hakam qo‘shib bergan vaqtning 4-sida saudiyaliklar raqib jarima maydoni ichida o‘ziga xos "tiki-taka" o‘ynadilar va bu Salim Al Dosarining goli bilan tugadi.

Shu tariqa osiyoliklar JCH-2018da yagona g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldilar, Muhammad Salohning Misri esa uchta mag‘lubiyat bilan.

JM-2018

A guruhi

Saudiya Arabistoni – Misr 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 22 Saloh, 1:1 – 45, penalti Al Faraj, 2:1 – 90 Al Dosari.

Saudiya Arabistoni – Al Mosaylem, Al Breyk, Havsafiy, Havsaviy, Al Shahroniy, Otayf, Baxebri (Asiriy, 65), Al Mo‘g‘aviy, Al Faraj, Al Dosari, Al Muvallad (Al Shahriy, 79).

Misr – El Xadari, Fatxi, Gabr, Xegazi, Abdel-SHafi, El Nenni, Hamed, El Said (Uarda, 45), Saloh, Trezege (Kahrabo, 81), Muhsin (Suyuhiy, 64).

Ogohlantirishlar: Gabr (45), Fatxi (86).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:16, 25.06.2018.
O'qildi: 4404 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.