Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Minskda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati g‘oliblari vatanimizda tantanali kutib olindi

Minskda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati g‘oliblari vatanimizda tantanali kutib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Sir emaski, so‘nggi paytlarda yosh o‘zbek shaxmatchilari o‘z muvaffaqiyatlari bilan jahon arenalarida butun dunyoni lol qoldirib kelishmoqda. Minskda o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi II jahon chempionatida muvaffaqiyat qozonib, shohsupaga ko‘tarilgan yosh hamyurtlarimiz o‘zbek shaxmatining qanday salohiyatga ega ekanligi, mamlakatimizda kuchli shaxmatchilarning yangi avlodi kamolga yetayotganidan darak berib turibdi.

Avval xabar berib o‘tganimizdek, o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Belorus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmatning blis va rapid yo‘nalishida o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 9 ta medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagandilar.

Bugun ana shu nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan yosh aql-idrok sohiblari poytaxtimizga yetib kelishdi. Shaxmatchilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Jasur Matchanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, mamlakat shaxmat federasiyasi xodimlari, sportchilarning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar o‘rtasidagi II jahon chempionatida hamyurtlarimiz rapid yo‘nalishida 2 ta oltin (Humoyun Begmurotov, Umida Omonova), 2 ta kumush (Afro‘za Hamdamova, Olmos Rahmatullayev), blis bellashuvlarida esa 3 ta oltin (Humoyun Begmurotov, Afro‘za Hamdamova, Umida Omonova) hamda 2ta kumush (Ruqiya Olimova, Shahrombek Karimov) medallarini qo‘lga kiritishgandi.

«Musobaqa biz uchun juda yaxshi o‘tdi. U yerda turli mamlakat vakillariga qarshi o‘ynadim va ularni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdim. Jahon chempioni bo‘lib, shohsupaga ko‘tarilganimdan juda xursandman. Shaxmatchilardan norvegiyalik Magnus Karlsenga havas qilaman, uning muxlisiman. Kelajakda dunyoning eng yosh grossmeysteri bo‘lmoqchiman, undan tashqari kattalar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lishni orzu qilaman», – dedi rapid va blis yo‘nalishidagi jahon chempioni Humoyun Begmurotov.

«Jahon chempionati menga juda yoqdi. Raqiblarimning barchasini mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioni bo‘la oldim. Minsk juda chiroyli shahar ekan. Bellashuvlarda kuchli raqiblar ko‘p bo‘ldi, ammo biz ulardan kuchli ekanligimizni namoyish etib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdik. Bundan juda xursandmiz. Endi Ispaniyada tashkil qilinadigan an’anaviy shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida qatnashamiz, u yerdan ham chempion bo‘lib qaytmoqchimiz», – dedi jahon birinchiligi g‘olibi Afro‘za Hamdamova.


O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston shaxmat federasiyasi, terma jamoamiz murabbiylar shtabi, chempion sportchilarimiz va ularning ota-onalarini yana bir marotaba tabriklab qoladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:25, 27.06.2018.
O'qildi: 3316 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик