Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Islom To‘xtaxo‘jayev: «Minsk yig‘ini ikkinchi davrada oldidan ayni muddao bo‘ldi»

Islom To‘xtaxo‘jayev: «Minsk yig‘ini ikkinchi davrada oldidan ayni muddao bo‘ldi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Pepsi Superligasida davralar oralig‘ida vujudga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish uchun Minsk shaxriga yo‘l olgan “temiryo‘lchilar” mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. “Lokomotiv” matbuot xizmati jamoa himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev bilan ushbu yig‘in haqida kichik suxbat uyushtirdi.

Islom, mashg‘ulotlar qanday o‘tmoqda? Jamoa ikkita uchrashuv o‘tkazdi, ushbu uchrashuvlar qanday kechganligi to‘g‘risida o‘z taasurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

Minsk yig‘ini biz uchun ayni muddao bo‘ldi. Bu yerdagi ob-havo o‘tkazilgan o‘yinlardan keyin tezroq tiklanishga yordam beradi. Yana bu shaxar bizga begona emas, bir necha yildan beri Minsk shaxrida chempionatimizning keyingi davralariga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. O‘tkazilgan ikki uchrashuvga kelsak, birinchi uchrashuvda ko‘plab havfli vaziyatlar yaratishimizga qaramasdan rus klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ydik. Ikkinchi uchrashuvda esa yirik hisobda g‘alaba qozondik. Yig‘inlarda asosan natijalarga e’tibor berilmaydi. Eng avvalo jamoaviy o‘yinni yanada kuchaytirish, yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirish, o‘z o‘yin uslubimizni yanada takomillashtirish ustida ish olib boriladi.

Superligada 15 ta uchrashuv yakunlandi. O‘z o‘yiningiz, “Lokomotiv” qayd etgan natijadan ko‘nglingiz to‘ldimi?

Birinchi davradan hech kimning ko‘ngli to‘lmadi. Bu yerda jamoa raxbariyati, futbolchilar, murabbiylar shtabi va albatta muxlislarimizning ham. Hozir jamoamiz o‘ziga mos bo‘lmagan o‘rinda turibdi. Ikkinchi davrada endi birinchi davrada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etib yana o‘zimizning joyimizga qaytamiz.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 14:31, 28.06.2018.
O'qildi: 2354 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик