Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Respublikamiz bo‘ylab «Yoshlar kuni»ga bag‘ishlangan turli musobaqalar o‘tkazilmoqd

Respublikamiz bo‘ylab «Yoshlar kuni»ga bag‘ishlangan turli musobaqalar o‘tkazilmoqd

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 30 iyun kuni O‘zbekistonda «Yoshlar kuni» sifatida nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tomonidan joylarda turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, 27 iyun kuni Zomin tumanida yengil atletika bo‘yicha yugurish bahslari o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar uzoq masofaga yugurish bo‘yicha turli yo‘nalishlarda o‘zaro bellashdilar.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida marafon musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyatning Chiroqchi tumanida joylashgan BO‘SM, shuningdek, tumanning markaziy o‘yingohida voleybol, futbol va kurash bo‘yicha musobaqa nihoyasiga yetdi. Bahslar yakunida faol sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Qayd etish lozimki, bayramona kayfiyatda tashkil qilingan ushbu musobaqalar mamlakatimizning minglab yoshlarini birlashtira oldi. Qolaversa, ana shunday sport tadbirlari aholi, xususan yoshlar o‘rtasida sportni ommaviylashtirishda muhim o‘rin tutadi. Bu esa o‘z navbatida sport rivojiga hissa qo‘shib, murabbiylar uchun yangi nomlarni saralab olishda qo‘l keladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:20, 28.06.2018.
O'qildi: 3044 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик