Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma
07/01 00:45 Sassuolo - Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem - Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona

Umid Ahmadjonovning Qarshi safari davom etadi. Navbatdagi manzil — bolalar va o‘smirlar sport maktablari

Umid Ahmadjonovning Qarshi safari davom etadi. Navbatdagi manzil — bolalar va o‘smirlar sport maktablari

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

MOQ prezidenti va O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda maxsus ishchi guruhning Qarshi shahriga tashrifi davom etmoqda.

“Muruvvat” bolalar uyi, Qarshi shahar olimpiya zaxiralari maktab-internati va “Nasaf” klubi akademiyasidan keyin O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar suv sporti turlari Sport maktabida hamda Qarshi shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabida bo‘ldi.

Umid Ahmadjonov bu o‘quv dargohlarida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ovqatlanish rasioni, yotoqxonasi, sport inshootlari, mashg‘ulotlar maydonlari, suv havzalarini ko‘zdan kechirdi. Olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Kun oxirida esa viloyat hokimligining majlislar zalida Qashqadaryoda sport, xususan, futbol sohasini rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi va tegishli xulosalar qilinadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:07, 30.06.2018.
O'qildi: 3238 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.