Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

MOQ tashabbusi bilan O‘zbekistondagi yuzga yaqin maktabgacha ta’lim muassasalarida yaqin kunlarda karate to‘garaklari ish boshlaydi

MOQ tashabbusi bilan O‘zbekistondagi yuzga yaqin maktabgacha ta’lim muassasalarida yaqin kunlarda karate to‘garaklari ish boshlaydi

Baho:
+ | -

Bugun, 30 iyun kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida O‘zbekiston karate Milliy federasiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublika hududida karate sportini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish borasida yurtimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida karate to‘garaklarini ochish bo‘yicha qizg‘in muhokamalar bo‘ldi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar karate federasiyasi rahbarlari ishtirok etishdi. Uni O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi raisi Nurxon Nafasov va Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Jang san’ati va Sharq yakkakurashlari departamenti direktori Sardor Toshxo‘jayevlar olib borishdi.

Ma’lumki, bundan qandaydir 10 yil oldin ham sportning karate turi bilan Respublikamizda oltmish mingdan ziyod yoshlar muntazam shug‘ullanib kelishardi. Bugungi kunga kelib ushbu ko‘rsatkich afsuski 10 000 taga tushib ketgan.

Yig‘ilishda so‘z olar ekan N.Nafasov barcha hududiy federasiyalar rahbarlariga qarata karatening ommaviyligini oshirish uchun kerak bo‘lsa 24 soatdan ishlash lozimligi, buning uchun ishni eng quyi bo‘g‘in - maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlash zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Andijon, Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalarida 15 kun ichida umumiy yuzga yaqin bepul karate to‘garaklarini ochish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyati federasiyalari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, ushbu federasiyalar rahbarlariga qat’iy hayfsan berish, federasiyalarga yosh va g‘ayratli rahbarlar tayinlanishi masalasi ham ko‘rildi.

Jizzax va Surxondaryo viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi karate federasiyalari faoliyati ham tanqid ostiga olindi va mutasaddilarga 1 oy muddatda o‘z faoliyatini qayta ko‘rib chiqish vazifasi berildi. O‘z navbatida Buxoro, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari karate federasiyalari faoliyati qoniqarli deb topildi va qolgan viloyat federasiyalariga ibrat sifatida ko‘rsatildi.

Terma jamoalarga iqtidorli sportchilarni saralash, tarkibda raqobatni kuchaytirish, oldinda turgan XVIII Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish kabi masalalar yuzasidan ham qizg‘in bahs-munozaralar bo‘ldi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:34, 30.06.2018.
O'qildi: 1838 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.