Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Eshkak eshish bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi

Eshkak eshish bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi

Baho:
+ | -

Bugun poytaxtimizdagi «Bo‘zsuv» kanalida «Yoshlar kuni»ga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmali chiqishlarda Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda "Rowing and Canoe" federasiyasi, murabbiylar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Niyozxo‘ja Teshaboyev, parakanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi: «Bugun o‘tkazilgan tadbirda sportchilar o‘z ko‘nikma va mahoratlarini namoyish etishdi. Bizning sport turimizda yigitlar o‘z imkoniyatlarini namoyish etish uchun suv kerak bo‘ladi. Bunday tadbirlar nafaqat Toshkentda, endi boshqa viloyatlarda ham tashkil qilinadi. Ko‘rgazmali chiqishlar yoshlar orasida ushbu sportni ommalashtirish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi. Bu borada biz Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan ish olib boryapmiz. Bugun tomoshabinlar baydarka va kanoe hamda slalomda eshkak eshish bo‘yicha chiqishlarni tomosha qildilar. Musobaqalar sabab akademik eshkak eshish bo‘yicha qayiqlarimizni olib kelishga ulgurmadik. Ammo, shunda ham tadbirimiz ajoyib o‘tdi».

Denis Anufriyev, 2017 yilgi Osiyo chempioni, ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olibi: «Sportning ushbu turi bilan 7 yildan buyon shug‘ullanaman.Ayni paytda Bolgariyada bo‘lib o‘tadigan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bugungi tadbir haqida gapiradigan bo‘lsak, unda biz turli ko‘rgazmali chiqishlarni namoyish etdik. Umid qilamanki, sportning ushbu ajoyib turi kelajakda yanada ommalashadi, bunday sport tadbirlari esa yangi nomlarni kashf etishda muhim rol o‘ynaydi».

f

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 00:07, 03.07.2018.
O'qildi: 2282 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик