Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Nisino: "Belgiyadan mag‘lubiyat meni o‘ldirdi, o‘yinchilarim shokda"

Nisino: "Belgiyadan mag‘lubiyat meni o‘ldirdi, o‘yinchilarim shokda"

Baho:
+ | -

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbbiyi Akira Nisino JCH-2018 1/8 finalida Belgiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (2:3) fikrlarini bildirdi.

"Biz shunchaki yaxshi o‘ynaganimiz yo‘q, biz juda yaxshi o‘ynadik.

Biz g‘alaba qozonmoqchi edik, biz Belgiyani musobaqadan chiqarib yuborishni ko‘zlagandik.

Jamoamiz yetarli daraada kuchli. O‘yinga bir nechta rejamiz bor edi. O‘yinni juda yaxshi boshladik, ammo oxirida o‘tkazib yubordik.

To‘g‘risini aytaman: bu biz uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Hisob 2:0 vaqtida o‘yinchilarni almashtirmadim, yana gol urmoqchi dik. Biz to‘pni nazorat qildik, o‘yinni nazorat qildik.

Ma’lum vaqt mobaynida Belgiya tashabbusni qo‘lga oldi, kerak vaqtida tempni oshira oldi. Oxirida bizdan ustun keldi.

O‘yindan so‘ng futbolchilarga nima dedim? Dush qabul qiling. Ular shokda edilar, harakatsiz turib qoldilar. Mehmonxonaga qaytgan bemalol gaplashaman.

Juda xafaman, mag‘lubiyat meni o‘ldirdi. Qaysidir qarorlarim noto‘g‘ri bo‘lgandir, shuning uchun o‘yin tizginini qo‘ldan chiqardik", - deydi Nisino.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:55, 03.07.2018.
O'qildi: 4677 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик