Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Pley-offda kutilmagan juftlik. Chorak finalga kim o‘tadi

Pley-offda kutilmagan juftlik. Chorak finalga kim o‘tadi

Baho:
+ | -

Pley-off bosqichining eng kuchsiz juftligi Shvesiya va Shveysariya ishtirokida. Ikki terma jamoa ham hech qachon xalqaro turnirlarda favoritlar sanalishmagan va ulardan bu safar ham hech kim yuqori natijalar kutmayapti. Lekin ulardan biri chorak finalda o‘ynashi aniq, bu qaysi jamoa bo‘lishi mumkinligini quyida tahlil qilamiz.

Dunyoni zabt etish
Zlatan Ibrahimovich jahon chempionatiga kelmagan. Ammo shunda ham diqqat markazida bo‘lib turibdi. «Jahon chempionatidan avval terma jamoamiz uzoqqa borishini aytgandim. Men shved bo‘lganimdan faxrlanaman. Men dunyoni zabt etdim, endi Shvesiya dunyoni zabt etsin. Shvesiyaga qarshi o‘ynash hamma uchun ham qiyin bo‘ladi. O‘ylaymanki, buni hamma biladi», deya yozgan u instagramida.

Zlatan bilan bahslashish befoyda. Chunki, saralash turnirida shvedlar Niderlandiyani ortda qoldirishgan, o‘tish o‘yinlarida Italiyani nokaut qilingan, guruh bosqichida esa Germaniya tashlab ketilgan. Ayni vaqtda vikinglar Shveysariya FIFA reytingida oltinchi o‘rinda turganiga kinoya bilan qarashmoqda.

Ha, nemislar Shvesiyani mag‘lub etishgandi, ammo bu o‘yinda shvedlar amaldagi jahon chempionlari bilan tengma-teng kurash olib borishgan va faqat qo‘shimcha daqiqalarning oxirgisida gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘lgandi. 

Yulduzlarsiz jamoa
Meksikaga qarshi o‘yin esa bir qadar yorqinroq kechdi. Birinchi turda Germaniyani mag‘lub etib olqishlarga sazovor bo‘lgan Meksika Shvesiyadan 3ta gol o‘tkazdi. Ko‘pchilik uchun bu syurpriz bo‘ldi, faqat bu ko‘pchilik Yann Andersonning saralash bosqichidagi o‘yinlarini ko‘rmagandi. Bu jamoa nafaqat gollandlarni va italyanlarni, balki jahon chempioni bo‘lish uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilayotgan Fransiyani ham yenggandi. Shvedlar nihoyat faqat Ibrahimovichdan umid qilib, unga o‘ynaydigan futbolchilardan haqiqiy jamoaga aylana oldi.

Ibrahimovich termadan ketgani tufayli jahon chempionatiga kela olmagach, jamoaga Grankvist sardor bo‘ldi. Bundesliganing eng yaxshi assistentlaridan biri Forsberg esa bu jamoaning oddiy mexanizmi.

Yo‘qotishlar
Himoyachi Lindelef birinchi turni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi, maydon markazida muhim ishlarni bajaruvchi Larsson esa birinchi o‘yinda maydonni zambilda tark etdi, u safga qaytgandi, ammo u ketma-ket ikki o‘yinda sariq kartochka olishi natijasida nimchorak finalda o‘ynay olmaydigan bo‘ldi. Ko‘p ehtimol bilan Sankt-Peterburgdagi o‘yinda MLS chempionati vakili Svensson o‘ynaydi. Shuningdek, ikkinchi turda jarohatlangan hujumchi Markus Berg safga qaytgan, agar u o‘ynay olmasa, Telin yoki Gvidetti uni almashtirishi mumkin.

Shveysariyada vaziyat murakkabroq. Jamoaning asosiy himoyachilari Lixtshtayner va Sher jarohat olib, safdan chiqqan. O‘ng qanotda Lixtshtaynerni Lang almashtirishi mumkin (shu kunlarda «Bazel»dan «Borussiya» Menxengladbaxga yo‘l olgan bu futbolchi turnirda 12 daqiqa o‘tkazgan xolos). Shuningdek, 21 yoshli Elvedi hamda tajribali Juru ham Sher o‘rniga himoya markazida harakatlanishi mumkin.

Shveysariyaliklarda taran hujumchi muammosi mavjud. Shveysariya tarkibi guruh bosqichida eng kam o‘zgargan tarkib bo‘ldi. Darvozabon, 4 himoyachi va 4 yarim himoyachi 3 o‘yinda ham bir tarkibda o‘ynadi. Markaziy hujumda esa beqarorlik kuzatildi. Seferovich birinchi va ikkinchi o‘yinlarda o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi, Gavranovich Serbiya bilan o‘yinda Shaqiriga hal qiluvchi pas bergandi, ammo u Kosta-Rika bilan o‘yinda ishonchli harakat qila olmadi. Buning natijasida Drmichda ham imkoniyat paydo bo‘ldi va u oxirgi turda 20 daqiqani maydonda o‘tkazdi. U bu vaqt ichida bir gol urib, bir marta darvoza ustunini poyladi.

Qanot yarim himoyachilari bo‘yicha ham savollar mavjud. Oilasida yangi mehmon dunyoga kelgan Embolo kosta-rikaliklar bilan o‘yindagi gollardan biriga pas bergandi. Ammo u «Shalke»da hujumchi sifatida harakat qiladi. Agar Suberning tobi qochmaganida u yana maydonga chiqishi mumkin edi, ammo sobiq «armiyachi» safga qaytdi va uning universalizmi Klassonga qarshi harakatlanishda qo‘l kelishi mumkin. 

SHVESIYA – SHVEYSARIYA
3 iyul. Sankt-Peterburg. «Sankt-Peterburg» stadioni. 19.00 (Match TV).
Hakamlar: SKOMINA. Vukan, Praprotnik (barchai – Sloveniya).
Diskvalifikasiya qilingan: Larsson – Lixtshtayner, Sher.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 15:24, 03.07.2018.
O'qildi: 4968 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.