Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya 0-2 O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

“Metallurg” va “So‘g‘diyona” klub faoliyatida hamda stadionda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etdi

“Metallurg” va “So‘g‘diyona” klub faoliyatida hamda stadionda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan Superliga hamda Pro-Liga 2018 mavsumida ishtirok etuvchi futbol klublari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun reglament asosida aniq talablar ishlab chiqilgan edi. 

 Biroq o‘tgan davr mobaynida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida ayrim klublar ish faoliyati hamda stadionlarida ba’zi bir kamchiliklar aniqlandi hamda Superligada va Pro-Ligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha klublarga tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

 Bugundan e’tiboran dastlab Superliga, keyin esa Pro-Liga ishtirokchi klublarida PFLning maxsus ishchi guruhi amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirishni boshladi. Dastlab ishchi guruh “Metallurg” hamda “So‘g‘diyona” jamoalarida kamchiliklarni barataraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. 

 “Metallurg” klubi 1 iyulga qadar stadionning ichki va tashqi ko‘rinishini tubdan yaxshilash, stadion yoritish tizimini 1500 lyuksgacha kuchaytirish, 2018 yil oxiriga qadar teletranslyasiyalar futbolchilar chiqib keladigan va murabbiylar joy oladigan frontga qarama-qarshi tomondan amalga oshirilishi bo‘yicha MTRK mutaxassislari bilan maslahatlashish, OAV hodimlari uchun stadionda sharoitni yaxshilash, futbolchilarni zaxiraga olish va chiqarish uchun elektron tablo olish, futzal va ayollar jamoalari uchun sharoitlarni yaxshilash hamda futbol klubi akademiyasining qurilishi bo‘yicha ish rejasini taqdim etish bo‘yicha topshiriqlar olgan edi. 

 PFLning maxsus ishchi guruhi “Metallurg” klubida olib borilgan ishlar bilan tanishdi. “Metallurg” klubi stadion ichki va tashqi ko‘rinishini yaxshilash, tashrif buyuruvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida CIP o‘rindiqlar joylashgan alohida sektorni barpo etdi. Qolaversa, stadion tablosi joylashgan sektorda ham muxlislar uchun o‘rindiqlar o‘rnatildi. Stadion tashqarisida klub do‘koni faoliyat ko‘rsata boshladi. O‘yinni bevosita stadiondan yoritish maqsadida tashrif buyuradigan OAV hodimlari uchun ajratilgan maxsus media-tribunada sharoit va internet yaxshilandi. Shuningdek, stadion yoritish tizimi yangilanmoqda. Klub PHILIPS kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yoritish moslamalarini harid qildi. Ayni paytda yoritish moslamalari va chiroqlari stadionga o‘rnatilmoqda. Qolaversa, klub akademiyasi barpo etilishi bo‘yicha loyiha tayyorlanayotgani ma’lum qilindi. 

 Kunning ikkinchi qismida PFL ishchi guruhi Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi stadioniga tashrif buyurdi. Mazkur jamoa stadion yoritish tizimini yaxshilash, elektron tablo harid qilish, 2018 yil oxiriga qadar teletranslyasiyalar futbolchilar chiqib keladigan va murabbiylar joy oladigan frontga qarama-qarshi tomondan amalga oshirilishi bo‘yicha MTRK mutaxassislari bilan maslahatlashish, futbol klubi akademiyasi bapro etilishi bo‘yicha loyiha va amalga oshirilayotgan amaliy ishlar sarhisobini topshirish bo‘yicha ko‘rsatamalar olgan edi.

 Belgilangan muddat ichida “So‘g‘diyona” jamoasi stadion yoritish tizimini Superliga reglamenti talablariga muvofiqlashtirdi. Qolaversa, elektron tablo harid qilindi. Shuningdek, klubning o‘z akademiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida aniq loyiha ishlab chiqilgani ma’lum bo‘ldi.  

P.S.: PFLning maxsus ishchi guruhi kamchiliklar aniqlangan barcha Superliga hamda Pro-Liga klublarini to‘liq tekshiruvdan o‘tkazadi va tekshiruv natijalari PFL rasmiy saytida e’lon qilib boriladi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 20:28, 03.07.2018.
O'qildi: 2295 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.