Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

JCH-2018. Angliya penaltilar seriyasida omadli chiqdi

JCH-2018. Angliya penaltilar seriyasida omadli chiqdi

Baho:
+2 | -1

Jahon chempionatining nimchorak final bosqichi doirasida so‘nggi uchrashuv chiroydan ko‘ra asabiy lahzalarga to‘la bo‘ldi.

Ehtiyotkor bo‘lim
Kolumbiya va Angliya terma jamoalari birinchi bo‘limda yo ehtiyotkor o‘yin namoyish qilishdi, yoki xatolar haddan tashqari ko‘p bo‘ldiki, natijada xavfli vaziyatlar u qadar ko‘p yaratilmadi. Balki, kolumbiyaliklarning asosiy pleymeykeri Xames Rodriges jarohat tufayli bugungi bahsda ishtirok eta olmagani ham bunga sabab bo‘lgandir.

Asabiy bo‘lim
Ikkinchi bo‘lim boshida kolumbiyalik himoyachi Karlos Sanches "qovun tushirdi". Yevropaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritayotgan paytda himoyachi shundoqqina hakamning ko‘z o‘ngida Harri Keynni qattiq quchoqladi, uni qo‘yib yubormadi, oxir-oqibat hujumchini yiqitdi. AQSHlik hakam Mark Geyger ikkilanib o‘tirmasdan 11 metrli nuqtaga ishora qildi. Keyn penaltidan zarbani markaz bo‘ylab yo‘lladi va hisobni ochdi. Harri JCH-2018dagi gollari sonini 6taga yetkazdi va "Oltin butsa" uchun asosiy da’vogarga aylandi.

Shundan so‘ng maydonda futboldan ko‘ra qo‘polliklar, asablar va sariq kartochkalar yuzaga keldi. Agar bu holatga barham berilmasa, qaysidir futbolchi maydonni erta tark etishi mumkin edi. Buni anglagan futbolchilar biroz o‘zlarini bosib olib, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida futbol o‘ynay boshlashdi.

Xavfli Mina
O‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida Karlos Bakka maydon markazida angliyalik himoyachidan to‘pni olib qo‘yib, xavfli hujumga asos soldi. Faqat Xuan Kuadrado darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarning uchinchisida kolumbiyalik hujumchi Uribe kutilmaganda 40 metrlardan o‘ta xavfli zarba yo‘lladi. "To‘qqizlik"ga kirayotgan to‘pni Jordan Pikford barmoqlarining uchi bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Biroq bu vaziyat besamar ketmadi. Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan vaziyatda Yerri Mina bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. "Barselona" himoyachisi ketma-ket uchinchi o‘yindirki Kolumbiya safida gol urmoqda.

Qo‘shimcha bo‘limlar
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi Angliya terma jamoasi himoyaga o‘tib olgan bo‘lsa, Kolumbiya ko‘proq hujum tashkil qildi. Ikkinchi 15 daqiqalikda esa tashabbus inglizlar tomonida bo‘ldi. Ammo ekstra-taymlarda muxlislar gol ko‘rishmadi.

Penaltilar seriyasi
Penaltilar seriyasida dastlabki 5ta zarbani futbolchilar golga aylantirishdi. Xendersonning zarbasini Ospina ajoyib seyv bilan qaytarib, Kolumbiyaga yaxshi imkoniyat hosil qildi. Ammo Uribening zarbasi to‘singa tegib qaytdi. Inglizlar qolgan 2ta zarbadan unumli foydalanishdi. Angliyaliklar posboni Pikford kolumbiyalik hujumchi Bakkaning zarbasini qaytardi. Natijada Angliya terma jamoasi JCHlari tarixida ilk marta penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Ular bungacha 3 marta "lotereya"da yutqazishgandi.

Angliyani chorak finalda Shvesiya terma jamoasi kutib turibdi.

JCH-2018. Nimchorak final
KOLUMBIYA - ANGLIYA 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 3:4
Gollar: 0:1 – 57, penalti Keyn, 1:1 – 90 Mina.
Kolumbiya – Ospina, Mina, Moxika, Aryas (Sapata, 116), Sanches, Lerma (Bakka, 62), Sanches (Uribe, 79), Kuadrado, Barrios, Kintero (Muriel, 88), Falkao.
Angliya – Pikford, Uoker (Reshford, 113), Stounz, Yang (Rouz, 102), Maguayr, Alli (Dayer, 81), Lingard, Sterling (Vardi, 88), Xenderson, Trippyer, Keyn.
Ogohlantirishlar: Barrios (41), Aryas (52), Sanches (54), Xenderson (56), Falkao (63), Bakka (64), Lingard (69), Kuadrado (118).
Penaltilar seriyasi:
Falkao (1:0) — Keyn (1:1)
Kuadrado (2:1) — Reshford (2:2)
Muriel (3:2) — Xenderson (3:2, darvozabon)
Uribe (3:2, to‘sin)  — Trippyer (3:3)
Bakka (3:3, darvozabon) — Dayer (3:4)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:56, 04.07.2018.
O'qildi: 7418 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.