Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Andijon» yig‘inni Chirchiqda o‘tkazadi

«Andijon» yig‘inni Chirchiqda o‘tkazadi

Baho:
+ | -

PRO-Liga qatnashchisi “Andijon” jamoasi a’zolari ayni damda ta’tilga chiqqan.

“Burgutlar” 9 iyul kunidan davralar oralig‘idagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotiga kirishadi. Yig‘in o‘tkazish uchun Chirchiq shahridagi so‘lim go‘shalardan biri tanlangan. Murabbiylar shtabining rejasiga ko‘ra, Chirchiqda ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazish bilan birga, ayrim jamoalar bilan sinov-nazorat uchrashuvini ham tashkil etish rejalashtirilgan. Hozircha sparring-raqiblarning ikkitasi ma’lum bo‘lib, dastlab Toshkent viloyatining “Nurafshon” jamoasi, keyinchalik qo‘shni Tojikiston respublikasining “Xo‘jand” klubi bilan kuch sinashadi. Ma’lumki, “Nurafshon” jamoasi PRO-Liganing “B” guruhida karvonboshchilik qilib kelayotgan bo‘lsa, “Xo‘jand” OFK Kubogi ishtirokchisi hisoblanadi.

Albatta bu yil o‘z oldiga Superligaga chiqish vazifasini qo‘ygan va bu yo‘lda astoydil kurashayotgan “Andijon” tarkibida transfer chog‘ida ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Har bir pozisiyadagi raqobatni kuchaytirish maqsadida hozirda bir qator futbolchilar bilan muzokara olib borilmoqda. Nomlarni hozircha oshkor eta olmasakda, ularning deyarli barchasi Superliga klublaridan kelayotganini aytish mumkin. Agarda ushbu futbolchilar bilan rasmiy kelishuvga erishilsa, shundagina nomlar e’lon qilinadi.

Mavsumning birinchi qismini “Andijon”da o‘tkazgan, Xusan Olimjonov, Mirjalol Rajabov, Hoshimbek Shokirov, Ma’ruf Zokirjonov, Bekzod G‘anijonov hamda Obid Hakimov singari futbolchilar bilan tuzilgan shartnoma har ikki tomonning o‘zaro kelishuviga binoan bekor qilindi va ular bilan do‘stona ravishda xayrlashildi. O‘z navbatida ma’lum muddat “burgutlar” sharafini himoya qilgan yuqoridagi futbolchilarning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

Yana shuni ham qo‘shimcha qilish lozimki, “Andijon” tajribali yarim himoyachi Eldor Boymatovni transferga qo‘ydi. Ayni damda markaziy yarim himoyachi Superliga vakili “Qizilqum” yig‘inida ishtirok etmoqda. Agarda tomonlar futbolchining transfer masalasida bir to‘xtamga kelsa, u xolda futbolchi mavsumning qolgan qismini “Qizilqum”da o‘tkazadi. Aks xolda, Boymatov boshqa klubga transfer qilinishi mumkin. Ayni damda Eldorga bir nechta jamoalardan qiziqish bor.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:01, 04.07.2018.
O'qildi: 2551 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик