Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Dinamo» uch futbolchi bilan shartnoma imzoladi

«Dinamo» uch futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Pro-Liga ikkinchi davrasidan keyin «Dinamo» jamoasi tarkibiga yangi futbolchilar kelib qo‘shilishi davom etmoqda.

Oldinroq tarkibga Akmal Xolmurodov (“So‘g‘diyona”), Abbosbek Jumaqulov, Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Pavel Purishkin (“Metallurg”), Dilmurod Karimov (“So‘g‘diyona”) singari futbolchilar kelib qo‘shilgani va ular bilan 2019 yil yakunigacha 1,5 yillik shartnoma imzolangani haqida xabar bergandik.

Davralar oralig‘ida “Dinamo” klubi yana uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Kuni kecha Samarqandda bo‘lgan Avaz Agaliyev (“Neftchi”), Sherzod Jalilov (“Zomin”) va Otabek Narzullayev (“Sho‘rtan”) singari futbolchilar “Dinamo” bilan 1,5 yillik – 2019 yil yakunigacha shartnoma imzoladi.

Avaz Agaliyev uchun “Dinamo” begona klub emas. Chap qanot himoyachisi 2013-2015 yillar davomida “Dinamo” safida to‘p surgan edi. 30 yoshli futbolchi joriy yilning dastlabki yarmini esa Farg‘onaning “Neftchi” klubi safida o‘tkazdi.

Sherzod Jalilov o‘tgan yillar davomida Jizzaxning “So‘g‘diyona” va “Obod” klubi safida to‘p surgan bo‘lsa, 27 yoshli futbolchi joriy yilning dastlabki qismini “Zomin” jamoasida o‘tkazdi.

Otabek Narzullayev ham 2007-2008 yillar davomida “Dinamo” safida to‘p surgan. So‘nggi mavsumlarni esa G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi safida o‘tkazayotgandi. Tajribali yarimhimoyachi bilan ham 2019 yil yakuniga qadar shartnoma imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, “Dinamo” Pro-Liga uchinchi davrasiga tayyorgarlikni 9 iyul kunidan Chimyon tog‘li hududida boshlaydi.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 16:27, 05.07.2018.
O'qildi: 3144 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.