Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Prevyu: «Nasaf» – «Navbahor»

Prevyu: «Nasaf» – «Navbahor»

Baho:
+ | -

Tanaffusdan so‘ng milliy chempionati ham davom etadi. 8-9 iyul kunlari Pepsi Superligasining 16-tur uchrashuvlariga start beriladi. Bu turda qarshiliklar o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur jamoalar chempionatidagi o‘zaro, 44-uchrashuvida maydonga tushishadi.

Pepsi Superliga, 16-tur

“NASAF” – “NAVBAHOR”

08.07.2018. “Markaziy” stadion. 21:00da

Bosh hakam: Axrol Risqullayev (Toshkent)

Qanot hakamlari: Doniyor Saylavov (Toshkent), Rishat No‘’monov (Toshkent)

Zaxira hakami: Abdurashid Xudoyberganov (Toshkent)

Nazoratchi – Artem Arutyunov (Toshkent).

Komissar – Baxtiyor Namozov.

Ma’lumot uchun. Axrol Risqullayev birinchi marta jamoa ishtirokidagi chempionatga doir uchrashuvni boshqaradi. Bungacha Risqullayev bir marta jamoa ishtirokidagi kubok bahsini boshqargan xolos.

O‘zaro uchrashuvlarga oid ma’lumotlar

Ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari doimo keskin va murosasiz bo‘lgan. Jamoa joriy chempionatda dastlabki o‘zaro uchrashuvni “Navbahor” maydonida o‘tkazib, 0:0 hisobidagi durangni qayd etgan edi.

Navbatdagi uchrashuv jamoalarning chempionatdagi o‘zaro 44-o‘yini sifatida qayd etiladi. Bungacha jamoalar 43 bor o‘zaro kuch sinashishgan. 22 uchrashuvda “ajdarlar” g‘alabaga erishishgan. 11ta o‘yinda “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan. Qolgan 10ta bahsda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati 75-60 “Nasaf” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Nasaf” esa 76 ochkoni,  “Navbahor” esa 43 ochkoni qo‘lga kiritgan. Ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlarida eng yirik 6:0 hisobi,  Namanganda va Qarshida ham qayd etilgan.

Qarshida bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlar haqida

Mazkur jamoalar bungacha Qarshida 21 marta kuch sinashishgan. Navbatdagisi o‘zaro 22-uchrashuv bo‘ladi. Bo‘lib o‘tgan 21ta uchrashuvning 18tasida “ajdarlar” g‘alabaga erishgan. Faqat 1 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Bu durang 2012 yili qayd etilgan. Namanganliklarning 2 uchrashuvda qo‘llari baland kelgan. Bu uchrashuvlar 1998 va 1999 yilgi mavsumlarda bo‘lib o‘tgan.

Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarda “Nasaf” jamoasi futbolchilari “Navbhor” darvozasini 51marta ishg‘ol qilishgan. Namanganlik futbolchilar esa 18 marta gol urishga muvaffaq bo‘lishgan. Qarshida qayd etilgan eng yirik hisoblar 5:0 (2013 yili), 5:1 (2015 yili) va 6:0 (2016 yil) ko‘rinishida.

Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” jamoasi “Nasaf”ni so‘nggi bor 1999 yili mag‘lubiyatga uchratgan va 2012 yili oxirgi durang natijaga erishgan.  O‘tgan yilgi, 15-tur doirasidagi 25 iyun kuni Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvda jamoa 4:0 hisobida zafar quchgan.

Qarshida o‘tkazilgan so‘nggi besh uchrashuv natijasi

2013 yil. “Nasaf” – “Navbahor” 5:0

2014 yil. “Nasaf” – “Navbahor” 1:0

2015 yil. “Nasaf” – “Navbahor” 5:1

2016 yil. “Nasaf” – “Navbahor”  6:0

2017 yil. “Nasaf” – “Navbahor”  4:0

Jamoaning ushbu uchrashuvi milliy chempionatdagi 633-uchrashuvi bo‘ladi. Joriy chempionatdagi 7-uy uchrashuvi hisoblanadi. “Nasaf” hozircha uy uchrashuvlariga nisbatan safarda ko‘proq uchrashuv o‘tkazgan.

Jamoalar bu yilgi chempionatda qanday ishtirok etishmoqda?

“Nasaf” jamoa o‘tkazilgan 14 uchrashuvning 4tasida g‘alaba, 6 uchrashuvda durang va yana 4 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. 18 ochko bilan jadvalning 7-pog‘onasida bormoqda. Futbolchilari raqiblari darvozasini 16 marta ishg‘ol qilishib, o‘z darvozasidan esa 14ta to‘p olib chiqishgan.

“Navbahor” jamoasi o‘tgan 14 uchrashuvning 8tasida g‘alaba, 3 uchrashuvda durang va yana 3 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. To‘plagan ochkolari soni 27taga teng. Hozircha turnir jadvalining 2-pog‘onasini band etgan. Raqiblar darvozasini 20 marta ishg‘ol qilib, o‘z darvozalaridan 8ta to‘p olib chiqishgan.

O‘yinlar anonsi

Jamoalarning yoshlari o‘rtasidagi 16-tur uchrashuvi, 7 iyul shanba kuni Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlari qarorgohi maydonida soat 18:30da boshlanadi.

Barcha klub ishqibozlarini ushbu o‘yinlarga chorlab qola. Jamoaga har qachongidan bu safar muxlislarning daldasi zarur. Biz jamoaga ishona. “Ajdarlar” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida to‘p tepib, ularni xursand qiladi degan, umidda.

“Markaziy”ga marhamat!

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:03, 05.07.2018.
O'qildi: 3596 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.