«Real» futbolchisi Vinisius Junior Lionel Messining Instagram sahifasidagi posti ostida izoh qoldirdi.
Braziliyalik futbolchi argentinalik yulduzga munosabat bildirib:
«Leyenda 10», — deb yozdi.
Ispan tilidagi «Leyenda» so‘zi «afsona» ma’nosini anglatadi. Vinisius o‘z izohida «10» raqamini ham alohida belgilab, Messining futboldagi ramziy raqamiga ishora qildi.













