Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 0-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 1-0 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

JCH-2018. Chorak finalchilar ro‘yxati unchalik ajablanarli emas. Xo‘sh nega?

JCH-2018. Chorak finalchilar ro‘yxati unchalik ajablanarli emas. Xo‘sh nega?

Baho:
+ | -

Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan mundialning chorak finaliga chiqqanlar ro‘yxati unchalik ajablanarli emas. Sababi barcha juftliklarda yuksak darajada o‘ynaydigan va o‘rtamiyona deb hisoblansa-da, baribir yaxshi futbol ko‘rsatadigan terma jamoalar bor. Bu haqida belaruslik taniqli sport sharhlovchisi Oleg Dmitriyev to‘xtalib o‘tdi.

“Fransiya – Urugvay juftligida to‘p bilan ishlash bo‘yicha muvaffaqiyat qozongan ikkita turli maktab bir-biriga duch keladi. Agar Urugvay – bu to‘p nazorati va keskin qarshi hujumlari bilan ishonchli himoya bo‘lsa, Fransiya tezlik va hujumchilarning ajoyib harakatlaridir”, dedi u.

Ekspertning fikricha, Braziliya va Belgiya juftligi bir tomondan “matchning brazilcha notekislikda olib borilishi”, ya’ni gol urdi, tezlikni yo‘qotdi, dam oldi va yana gol urdi qabilida bo‘lsa, boshqa tomondan Yaponiyaning “og‘zidan” g‘alaba oshini tortib olgan belgiyalik pishiq professionallardir. Ular bu ishni malaka va taktik sxemalarsiz uddalay olmagan bo‘lar edi.

“Rossiya va Xorvatiya juftligi. Ha, xorvatiyaliklar bu chempionatda kuchliroq, biroq Rossiya o‘z o‘yinini topishga intilmoqda hamda muvaffaqiyatga erishayotir. Agar o‘tgan natijalarga qaraydigan bo‘lsak, har ikki jamoada ham mag‘lubiyat bor, shuning uchun kurash teng bo‘ladi”, deya qayd etdi Dmitriyev.

“Angliya – Shvesiya juftligiga kelsak, yosh inglizlar o‘ziga xosdek ko‘rinyapti. Ammo Kolumbiyaga qarshi kechgan bahs jamoada harakatlar va shunchaki suratlar paydo bo‘lganini ko‘rsatdi. Agar Shvesiya qat’iy mudofaaga “yotib” olmasa, inglizlar maydonda yetakchi bo‘lishlari mumkin”, deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, chorak finalda Fransiya – Urugvay, Braziliya – Belgiya,  Rossiya – Xorvatiya, Shvesiya – Angliya juftliklari o‘zaro bellashdi.

Manba: www.xs.uz
Kiritildi: 10:03, 06.07.2018.
O'qildi: 4707 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.