Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

JCH-2018. Fransiya Urugvayni musobaqadan «uchirib» yubordi

JCH-2018. Fransiya Urugvayni musobaqadan «uchirib» yubordi

Baho:
+ | -

Jahon chempionatida yarim finalga chiqqan dastlabki jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Fransiya terma jamoasi chorak finalda Urugvayni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Nimchorak finalda jarohat olgan Edinson Kavani bugungi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmadi. Balki, bu ham urugvayliklarning mag‘lubiyatiga asosiy sabablardan biri bo‘lgandir.

Tarkib borasida raqibiga nisbatan biroz ustun hisoblangan fransuzlar o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalanishdi. Qaysidir pallaga ularga omad kulib boqqan bo‘lsa, yana bir vaziyatda urugvaylik posbonning xatosi yevropaliklarga qo‘lga keldi.

Bahsning 39-daqiqasida hisob ochildi. Grizmann jarimadan yetkazib bergan uzatmaga himoyachilar ildamroq harakat qilgan Rafael Varan bosh bilan shunday zarba berdiki, to‘p darvoza burchagiga kirib ketdi.

Oradan 5 daqiqa o‘tib Urugvay ham "standart"dan hisobni tenglashtirishga juda yaqin keldi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Kasires bosh bilan darvoza burchagi tomon zarba berdi. Lyoris ajoyib seyv bilan zarbani qaytardi. Diyego Godin esa shundoqqina ustun yonidan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. U to‘pni yuqoriga tepib yubordi.

Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida hisobdagi farq oshdi. Qarshi hujum paytida Antuan Grizmann to‘pni qabul qildi va olis masofadan kuchli zarba berdi. Muslera to‘pni ushlab olmoqchi bo‘ldi, ammo to‘p uning qo‘lidan chiqib, to‘rga borib tushdi.

Desham shogirdlari o‘yinning qolgan vaqti to‘pni yaxshi nazorat qilishdi, kerak paytda mustahkam himoyalanishdi va g‘alabani o‘z tomonida ushlab qolishdi.

Fransiya terma jamoasi yarim finalda Braziliya-Belgiya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi.

JCH-2018. Chorak final
URUGVAY - FRANSIYA 0:2
Gollar: 0:1 – 40 Varan, 0:2 – 61 Grizmann.
Urugvay – Muslera, Kaseres, Ximenes, Godin, Laksalt, Torreyra, Nandes (Urretaviskayya, 73), Vesino, Bentankur (Rodriges, 59), Suares, Stuani (Maksi Gomes, 59).
Fransiya – Lyoris, Pavar, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Pogba, Kante, Mbappe (Dembele, 88), Grizmann (Fekir, 90), Tolisso (Nzonzi, 80), Jiru.
Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (33), Bentankur (38), Rodriges (69), Mbappe (69).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:54, 06.07.2018.
O'qildi: 4194 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.