Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘tgan mavsumning eng omadli va omadsiz transferlari (fotogalereya)

O‘tgan mavsumning eng omadli va omadsiz transferlari (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Jahon chempionati tufayli Yevropa futbol mavsumi yakunlarini ko‘rib chiqish ikkinchi masalaga aylandi o‘z-o‘zidan. Lekin mavzular xilma-xilligini ta’minlash uchun sarhisob ishlariga ham sahifa ajratish kerak, baribir.

Qolaversa, yevromavsum yakuni ko‘pchilikni yetarlicha qiziqtiradi, albatta. Shularni unutmagan holda, bu safargi fotojamlanma-maqolani o‘tgan mavsumning eng omadli va omadsiz transferlariga bag‘ishladik.

MAVSUM-2017|2018: ENG OMADLI 6ta TRANSFER

Xarajatni to‘la oqlagan darvozabon: EDERSON (Braziliya)

Oldingi klubi: «Benfika» (Portugaliya)

Yangi klubi: «Manchester Siti» (Angliya)

Transfer narxi: 40 mln. yevro

Natija. O‘tgan yozning eng qimmatbaho darvozaboni «Siti»da birinchi raqamli kiperga aylanib, klubining APLda «oltin» yutishiga katta hissa qo‘shdi.

 

Minimal sarfga maksimal gol: Kristian STUANI (Urugvay)

Oldingi klubi: «Midlsbro» (Angliya)

Yangi klubi: «Jirona» (Ispaniya)

Transfer narxi: 2,5 mln. yevro

Natija. Urugvaylik hujumchi Primerodagi ilk urinishida 21ta gol urdi (33ta o‘yinda) va faqat Yago Aspas (22ta), Luis Suares (25ta), Krishtianu Ronaldu (26ta) hamda Lionel Messi (34ta)dan ortda qoldi, xolos. Qarang, 2,5 million yevro evaziga shuncha gol! Taqqoslash uchun aytsak, Alvaro Morataning APLdagi 1ta goli «Chelsi» uchun 6 mln. yevroga tushdi.

 

Italiyada porlagan o‘smir: Jengiz UNDER (Turkiya)

Oldingi klubi: «Bashakshehir» (Turkiya)

Yangi klubi: «Roma» (Italiya)

Transfer narxi: 13,4 mln. yevro

Natija. 20 yoshli vinger «Roma» uchun «Yangi Saloh» bo‘ldi. Transfer bahosi esa 50 million yevroga ko‘tarildi. Ana, foyda, ana, manfaat.

 

Germaniyada porlagan o‘smir: Jan-Kevin OGYUSTEN (Fransiya)

Oldingi klubi: «PSJ» (Fransiya)

Yangi klubi: «RB Leypsig» (Germaniya)

Transfer narxi: 13 mln. yevro

Natija. Jan-Kevin atigi 20 yoshda. Reaktiv hujumchi «RB Leypsig»dagi debyutini 9ta gol bilan bezab, transfer summasini ikki hissa oshirdi.

 

Chempionshipdan CHL finaliga: Endryu ROBERTSON (SHotlandiya)

Oldingi klubi: «Xall Siti» (Angliya)

Yangi klubi: «Liverpul» (Angliya)

Transfer narxi: 9 mln. yevro

Natija. Atigi 9 millionga xarid qilingan yigit atigi 9 oydan keyin jamoaning asosiy himoyachilari qatorida CHL finalida o‘ynadi. Ajoyib yuksalish.

 

APLga «o‘t» qo‘ygan «fir’avn»: Muhammad SALOH (Misr)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:07, 07.07.2018.
O'qildi: 6940 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.