Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

JCH-2018. Bugungi o‘yinlar anonsi: Inglizlarning kayfiyatini tushiradigan, ruslarnikini ko‘taradigan faktlar bor

JCH-2018. Bugungi o‘yinlar anonsi: Inglizlarning kayfiyatini tushiradigan, ruslarnikini ko‘taradigan faktlar bor

Baho:
+ | -

Rossiyada bo‘lib o‘tayogan jahon chempionatining kecha bo‘lib o‘tgan chorak final bahslarida Fransiya Urugvayni, Belgiya esa Braziliyani turnirdan chiqarib yubordi.

Bugun, 7 iyul kuni yana ikki yarim finalchi nomi aniq bo‘ladi.

Kunning dastlabki o‘yinida Shvesiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Aksariyat muxlislar bu bahsda inglizlarning imkoniyatini yuqori baholamoqda. Albatta, Angliyaning tarkibi hozir juda ham kuchli. Hujumchi Keyn mundial to‘purari bo‘lib turibdi. U yana gol ursa, Angliya rekordini yangilaydi.

Ammo... Bilasizmi, Shvesiya terma jamoasi inglizlar uchun doim noqulay raqib bo‘lib kelgan. Rasmiy o‘yinlarda (8 bahs) Angliya terma jamoasi faqat bir martagina (Evro-2012) shvedlar ustidan g‘alaba qozonishga erishgan. Shuning uchun bugungi bahsda Shvesiyani osongina hisobdan chiqarib bo‘lmaydi. Qolaversa, bu ikki jamoa ham ancha yillardan beri JCH yarim finaliga chiqa olmagan. Bugun ular shu bosqichdan bir qadam berida turishibdi. Kurash shunga yarasha bo‘ladi.

Taxminiy tarkiblar:

Shvesiya: Ulsen – Kraft, Lindelef, Grankvist, Augustinson – Klayesson, Larsson, Ekdal, Forsberg – Toyvonen, Berg

Angliya: Pikford – Uoker, Stounz, Maguayr – TripYE, Alli, Xenderson, Lingard, Rouz – Keyn, Sterling

Uchrashuvni niderlandiyalik Byorn Kuypers boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Chorak finalning so‘nggi o‘yini Rossiya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Xorvatiya nafaqat ushbu o‘yinda favorit, umuman turnir finaltgacha chiqishga asosiy da’vogar jamoa. Lekin Rossiya terma jamoasi muxlislarini quvontiradigan bir an’ana bor — Xorvatiya musobaqa mezbonlariga qarshi o‘yinlarda muvaffaqiyat qozona olmagan. 1998 yili Fransiya, 2014 yili Braziliya termalariga mag‘lub bo‘lgan.

Taxminiy tarkiblar:

Rossiya: Akinfeev – Fernandes, Kutepov, gnashevich, Kudryashev – Gazinskiy, Zobnin – Samedov, Golovin, Cherishev — Dzyuba

Xorvatiya: Subashich – Vrsalko, Lovren, Vida, Pivarich – Modrich, Brozovich, Rakitich – Rebich, Mandjukich, Perishich

Uchrashuvni braziliyalik Sandro Richchi boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.

7 iyul, shanba

Shvesiya — Angliya 19:00

Rossiya — Xorvatiya 23:00

Manba: www.xs.uz
Kiritildi: 16:45, 07.07.2018.
O'qildi: 5444 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик