Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Sharof Muhitdinov: «Nasaf» urgan gol bu – butun jamoa mehnatining mahsuli»

Sharof Muhitdinov: «Nasaf» urgan gol bu – butun jamoa mehnatining mahsuli»

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “Navbahor” (1:1) uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan Sharof Muhitdinov ham bo‘lib o‘tgan o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

-Bugungi uchrashuvda jamoadoshlarim bor kuchini berib o‘ynashdi. Bizning bugungi uchrashuvga tuzgan rejamiz g‘alaba qozonish edi, afsuski bunga erisha olmadik. Albatta bunday qiyin o‘yinlarda gol urish faxrli. Ammo golni kim urishini unchalik ahamiyati yo‘q. Chunki futbol jamoaviy o‘yin. Bu butun jamoa mehnatining mahsuli deb, bilaman. Biz o‘z oldimizga doimo mazmunli o‘yin namoyish etib, ijobiy natijalarimiz bilan muxlislarimizni xursand qilishni maqsad qilib qo‘yamiz. Jamoadoshlarim shu maqsadda intilishmoqda. So‘zimni oxirida muxlislarimizga kichik murojaat qilmoqchiman. Sizlarning daldangiz bizga katta kuch beradi. Har qanday sharoitda ham bizga dalda bo‘layotgan sodiq muxlislarimizga o‘zim nomimdan va jamoadoshlarim nomidan tashakkurlar bildirib qolaman, - deydi bugungi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Sharof Muhitdinov.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 12:16, 09.07.2018.
O'qildi: 3716 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик