Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Bolalar futboli. O‘FA tomonidan o‘tkazilgan musobaqalar soni 555taga yetdi

Bolalar futboli. O‘FA tomonidan o‘tkazilgan musobaqalar soni 555taga yetdi

Baho:
+ | -

Yil boshida O‘zbekiston futbol Assosiasiyasining birinchi Vise-Prezidenti Umid Ahmadjanov tomonidan 2018 yilda 1000ta musobaqa o‘tkazilishi aytilgan edi.

2018 yilning 1 iyul sanasiga qadar qilingan hisob kitoblarga ko‘ra, O‘FA minglik marrasining ekvatoridan o‘tdi. Yil davomida O‘FA va hududiy Assosiasiyalar bilan hamkorlikda 550ta musobaqa o‘tkazib bo‘lindi. Eng quvonarlisi shundaki, musobaqalar endi faqat poytaxt bilan cheklanib qolmayapti, balki butun Respublikani o‘z ichiga olgan holda chekka-chekka qishloqlarga ham kirib bordi.

Ayniqsa, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o‘tkazilgan "Charm To‘p" musobaqasida 15 000 nafardan ko‘p bolani qatnashgani katta natija bo‘ldi. Ayni paytda, O‘FA tomonidan vodiy haftaligi o‘z yakuniga yetdi. U yerda "Al Farg‘oniy", "Oltin Vodiy", "Zahiriddin Muhammad Bobur" kuboklari bo‘lib o‘tdi. Keyingi haftalik mezboni voha bo‘lib, u yerda "Amir Temur" va "Voha" Kubogi musobaqalari O‘FA tomonidan yuqori saviyada tashkil etiladi.

Shuningdek, ayni paytda yozgi oromgohlarda "Yoz — o‘tmoqda soz" shiori ostida barcha viloyatlarda futbol musobaqalari tashkil qilinayapti. Bu shior ostida mahallalarda ham chempionatlar tashkil qilindi. Unda jami 10 000 nafarga yaqin bolalarga O‘FA tomonidan maxsus esdalik sovg‘alari tuxfa qilinmoqda va qilinadi.

Quyida, O‘FAning hududiy Assosiasiyalarining musobaqa o‘tkazish bo‘yicha reytingini havola qilamiz.

1. Toshkent shahar 92 
2. Andijon 45
3. Qashqadaryo 44
3. Namangan 42
4. Navoiy 40
4. Toshkent viloyati 40
5. Samarqand 39 
6. Xorazm 38
7. Farg‘ona 37
7. Qoraqolpog‘iston Respublikasi 37
8. Jizzax 34
9.Sirdaryo 32
10.Surxondaryo 25
11. Buxoro 10

Toshkent shahar futbol Assosiasiyasi musobaqa o‘tkazish bo‘yicha yetakchilikni o‘z qo‘liga olgan. Bu yerda musobaqalar 6 yoshdan boshlab o‘tkazilyapti. Shu bilan bir qatorda Qashqadaryo, Namangan, Andijon, Toshkent viloyati, Navoiy va Samarqand viloyatlari ham faollikni oshirganlar. Farg‘ona viloyatiga yangi rahbar tayinlanganiga ko‘p bo‘lmadi, shu boisdan u yerda keyingi 6 oylikda ish sifati oshishini kutamiz.

O‘FA oldida yana bir qator musobaqalar turibdi, ular orasida eng katta turnirlardan biri bu - Mustaqillik Kubogi bo‘ladi. Undan tashqari, Avgust oyida "Paxtakor-79" xotirasiga bag‘ishlangan katta musobaqaning geografiyasi ham kengayishi kutilayapti.

O‘FA 1000ta musobaqani va’da qilgan edi, yil so‘ngiga kelib musobaqalar soni yana oshadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:53, 09.07.2018.
O'qildi: 2335 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.