Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

“CAFA U-16 championship” musobaqasining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

“CAFA U-16 championship” musobaqasining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan “CAFA U-16 championship” musobaqasiga bu yil Toshkent shahri mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston, Afg‘oniston, Tojikiston hamda Qirg‘izistonning 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoalari ishtirok etishdi.



Musobaqaga barcha terma jamoalar o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan holda tashrif buyurishganini murabbiylar shtabi o‘yinlar oldidan muxlislarga eslatib turishdi. Bir biridan murosasiz kechgan bahslarda Usmon Toshev boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi mazmunli o‘yin ko‘rsatib, barcha mehmon jamoalar ustidan yirik g‘alabalarga erishdi.



Bugun turnirning so‘nggi o‘yinlari nihoyasiga yetgach, yopilish hamda taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise Prezidenti Umid Ahmadjonov, OFK vakili Vohid Kardani, PFL Bosh direktori Omon G‘ofurov, O‘FA Bosh kotibi Sardor Rahmatullayev, O‘FA va MOFA mutasaddilari hamda boshqa martabali mehmonlar ishtirok etishdi.



Umid Ahmadjonov musobaqa g‘olibiga hamda ishtirokchilarga kubok hamda medallarni topshirar ekan, barcha jamoalarni chiroyli o‘yin hamda ijobiy natijalar bilan qutlab, ularga kelgusi musobaqalarda omad tiladi. Shuningdek, mehmon jamoalar murabbiylari musobaqani yuqori darajada tashkil etgani uchun MOFA Prezidenti hamda boshqa mutasaddilarga minnatdorchilik izhor qilishdi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 09:00, 10.07.2018.
O'qildi: 3148 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик