Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Chim ustida xokkey. Pokiston delegasiyasi vakillari O‘zbekistonda

Chim ustida xokkey. Pokiston delegasiyasi vakillari O‘zbekistonda

Baho:
+ | -

Shu kunlarda chim ustida xokkey bo‘yicha Pokiston yoshlar terma jamoasi O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Chim ustida xokkey bo‘yicha qit’amizning yetakchi terma jamoalaridan biri bo‘lgan pokistonliklar yurtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va bir necha o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishdi. Jumladan, Andijonda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi 9:7 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi bahsda esa vakillarimiz 8:4 hisobida ustun kelishdi. O‘zaro uchinchi nazorat o‘yinida hamyurtlarimiz 5:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Samarqandda o‘tkazilgan o‘yinda esa Pokiston terma jamoasi 4:2 hisobida g‘olib bo‘ldi.

Bugun Pokiston chim ustida xokkey federasiyasi vakillari Milliy olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘lishdi. Tashkilot bosh kotibi Abdulatif Shax, terma jamoa menejeri Ramzan Jamali va bosh murabbiy Mister Sabrlarni Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov kutib oldi.

Uchrashuv davomida tomonlar sportning ushbu turi bo‘yicha hamkorlik qilish, halqaro aloqalarni mustahkamlash borasida so‘z yuritishdi. MOQ bosh kotibi fursatdan foydalanib pokistonlik malakali murabbiylarni O‘zbekistonga taklif qildi.

Uchrashuv yakunida Jasur Matchanov Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan mehmonlarga esdalik sovg‘asini topshirdi.

Ma’lumot uchun, Pokiston sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha kattagina tajribaga ega. Terma jamoa Olimpiya o‘yinlarida uchta oltin, uchta kumush va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Pokiston terma jamoasi 4 karra jahon chempioni, 8 karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:31, 10.07.2018.
O'qildi: 2350 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.