Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Prevyu. «Nasaf» – «Qizilqum»

Prevyu. «Nasaf» – «Qizilqum»

Baho:
+ | -

Shu haftaning 12-13 iyul kunlari Pepsi Superliganing qoldirilgan 14-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Bu turda “Nasaf” Navoiy shahrining “Qizilqum” jamoasi bilan bahslashadi. Uchrashuv 13 iyul juma kuni “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 21:00da boshlandi.

Pepsi Superligasi, 14-tur

“NASAF” – “QIZILQUM”

13.07.2018. “Markaziy” stadion. 21:00da

Bosh hakam: Olim To‘ychiboyev (Farg‘ona)

Qanot hakamlari: Maksim Nexochin (Namangan), Sherzod A’zamov (Toshkent)

Zaxira hakami: Isxoq Ibragimov (Nukus)

Nazoratchi: Noil Lutfullin (Toshkent)

Komissar: Baxtiyor Mametov.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Qizilqum” va “Nasaf” jamoalari hozirgacha 37 marta kuch sinashgan. Ushbu bahslarning 22 tasida jamoaning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g‘alaba qozonishgan. 9 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 70-39.   

Endi mazkur jamoalar o‘rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, jamoa “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko‘rinishida g‘alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 3:1 ko‘rinishida.

Shu yilning 18 mart kunida Navoiyda o‘tgan o‘zaro uchrashuvda, jamoa 2:1 hisobida zafar quchgan edi.

Jamoa Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligida hali biron marta, hoh Qarshida bo‘lsin, hoh Navoiyda bo‘lsin,  “Qizilqum” jamoasiga mag‘lub bo‘lgan emas.

Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarga oid

Mazkur jamoalar Qarshida jami 17 marta o‘zaro bahslashgan. Ularning 14tasida jamoa g‘alaba qozongan, bir uchrashuvda “Qizilqum” jamoasi kichik 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan. Bu uchrashuv 2008 yili bo‘lib o‘tgan. Qolgan 2 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Qarshidagi uchrashuvlarda jami darvozalarga 59 marta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo‘yicha ham ustunlik “Nasaf” tomonida: 45-14.

Bo‘lajak uchrashuv jamoalarning Qarshidagi 18-uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.

Qarshidagi so‘nggi besh uchrashuv natijasi

2017 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0

2016 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0

2015 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  3:1

2014 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0

2013 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  7:1

Yuqorida ta’kidlaganidek, “Qizilqum” jamoasi so‘nggi bor 2008 yili Qarshidan uch ochko bilan qaytgan. Ushbu uchrashuv 23-tur doirasida bo‘lib, 4 oktyabr kuni o‘tgan va “ma’danchi”lar kichik 1:0 hisobida zafar quchishgan.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv, 12 iyul payshanba kuni Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlari qarorgohida bo‘lib o‘tadi va soat 18:30da boshlanadi.

Barcha futbol ishqibozlarini ushbu uchrashuvlarga taklif etib qola.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:14, 11.07.2018.
O'qildi: 6700 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.