Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Andijon» sobiq futbolchilari oldidagi moliyaviy qarzdorlikni bartaraf etdi

«Andijon» sobiq futbolchilari oldidagi moliyaviy qarzdorlikni bartaraf etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasida rahbariyat alishgach, bir qator futbolchi hamda murabbiylar tomonidan klublar ustidan shikoyat arizalari kelib tushdi. Ularning ishi Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib, qarzdor klublarga jazolar belgilandi va shu yo‘l orqali futbolchilar, murabbiylar haq-huquqlari himoya etildi. 

Xabaringiz bor, Professional futbol ligasi jamoalarga yangi o‘yinchilarini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berishdan avval klublarning sobiq futbolchi yoki murabbiylari oldida qarzdorligi mavjudligini o‘rganib chiqmoqda. Agar klub mavsumning ilk qismidan so‘ng xayrlashgan futbolchilari yoki murabbiyi bilan to‘liq hisob-kitobni amalga oshirgan bo‘lsa, hech qanday muammosiz yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. 

Biroq Pro-Liga ishtirokchilaridan biri sanaladigan "Andijon" PFK ilgari jamoada faoliyat olib borgan bir necha nafar futbolchidan moliyaviy qarzdor ekani ma’lum bo‘lgan edi. So‘ngra "Andijon" PFK bosh direktori – Ma’ruf Abdisalomov PFLga qarzdorlik mavjud bo‘lgan futbolchilar bilan 17 iyul sanasiga qadar to‘liq hisob-kitob qilinishi xususidagi kafolat xatini taqdim etgan va “Andijon”ga shartli ravishda yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashga ruxsat berilgan edi.

“Andijon” PFK belgilangan muddat yakuniga yetishidan avval Rasul Rahmonov, Akbar Hodjayev hamda Abdulatif Abduqodirov bilan to‘liq hisob-kitobni amalga oshirdi. Abdulatif Abduqodirovga qolib ketgan oylik maoshi to‘lab berildi. Shuningdek, Akbar Hodjayev oldidagi 2015-2017 yillardagi maoshlar hisobidan to‘planib qolgan qarz to‘landi. Yana jamoaning sobiq futbolchisi va murabbiyi Rasul Rahmonov oldidagi 2013-2015 yillar davomida yig‘ilgan moliyaviy qarzdorlik bartaraf etildi.

“Jamoa men bilan to‘liq hisob-kitobni amalga oshirdi. Oyog‘im payini operasiya qildirdim. Bu jarayonda ham ko‘mak berishdi. Bundan juda xursandman. Hali “Andijon” jamoasi bilan yana 1,5 yillik shartnomam bor. Nasib etsa, yaqin vaqt ichida jarohatdan tiklanib, jamoaga naf keltirishga harakat qilaman”, - dedi bu borada Akbar Hodjayev.

“Andijon” jamoasida to‘p surgan paytimdagi maoshlarimdan bir nechtasi yillar davomida yig‘ilib qolgan edi. O‘FA hamda PFL murojaatimni javobsiz qoldirmasdan menga pullarimni olishda ko‘mak berdi. Bundan xursandman va O‘FA rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, - deya vaziyatga izoh berdi Rasul Rahmonov.

Endi 2018 yilgi yozgi transfer oynasidan boshlab PFL shikoyat arizalari tartibini barchaga eslatib o‘tishni lozim deb biladi. Reglamentning 24-bo‘lim 5-bandida har qanday shikoyat arizalari bo‘lib o‘tgan bahsli holatga 2 yil to‘lmagani holatidagina ko‘rib chiqilishi belgilab qo‘yilgan. Demak, klublar, futbolchilar, murabbiylar bahsli vaziyat yuzasidan shikoyat arizasini maksimum 2 yil ichida yozishi kerak bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, bundan buyon 2016 yilning iyun oyigacha bo‘lib o‘tgan ishlarni ko‘rib chiqish masalasini O‘FA hamda PFL o‘z bo‘yniga olmaydi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bu kabi masalalarni Xalqaro futbol uyushmasining talabi asosida ishlab chiqadi, ya’ni, FIFA nizomlariga bo‘ysunadi. 

P.S.: FIFAning “Futbolchilarning o‘tishi va maqomi” to‘g‘risidagi reglamenti 25-bo‘lim 5-bandida shunday deb yozilgan: “Futbolchilar maqomi bo‘yicha qo‘mita, Bahsli vaziyatlarni (mojarolar) hal qilish bo‘yicha palata, shuningdek, Yakka tartibdagi sud hamda Mojarolarni hal qilish bo‘yicha palata sudi o‘z vakolatiga kiruvchi har qanday ishni u sodir bo‘lganiga ikki yil to‘lgach, ko‘rib chiqmaydi. Ikki yil muddatgacha berilgan da’vo arizalari esa individual tarzda o‘rganib chiqiladi”. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:51, 11.07.2018.
O'qildi: 2762 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.